Operator bilan bog’lanish interfeysi indikatsiya va klaviaturadan iborat.
Displey sifatidaHG1-HG8 mikrosxemalari ishlatilgan
bo’lib,
ularning ishlashini
paralel interfeysning A va S kanallari boshqaradi. A kanal mikrosxemada shaklni
hosil qilib beradi. S kanalning signallariesa tranzistorlar yordamida
kuchaytirilib, mikrosxemani tanlashga xizmat qiladi (4.6-rasm).
Datchiklarnin
g signallarini qabul qiluvchi interfeys parallel interfeys bo’lib, 8 ta
raqamli va 8 ta analog signallarni qabul qilishga mo’ljallangan. Raqamli signallar
to’g’ridan-to’g’ri A kanaliga ulanadi. Analog signallar analog kommutator orqali
ATSP ga uzatiladi va ATSP ning chiqishidagi 8-
razryadli ma’lumot interfeysning V
kanaliga uzatiladi. Interfeysning S kanali kommutatorni va
ATSP ni boshqarish
uchun ishlatilgan .
Ob’ektga signallarni uzatish interfeysi ketma-ket interfeys bo’lib, 4, 6-razryadli
chiqishga ega. Bunda 7 va 8-razryadlar 4 ta registrdan birini tanlashga xizmat qiladi.
Qolgan 6 ta razryad tanlangan registrga uzatiladi.
Nazorat savollari
1. Parallel interfeys KR580VV55ni tushuntiring.
2. KR580VV55 interfeysini displey va klaviaturaga ulanish sxemasini
tushuntiring.
3. Mikrokontrollerli manipulyatorni ishlashini boshqaruvchi qurilmani ishlash
prinsipini tushuntiring.