Tajriba ishi №5 Bir kristalli mikroprotsessorlar, Atmega 8, 16, Pic16F8X mikrokontrollerlarning ishlash prinsiplarini tadqiq etish. (1 soat) Tajriba ishining maqsadi: Bir kristalli mikroprotsessorlar, Atmega 8, 16, Pic16F8X mikrokontrollerlarning ishlash prinsiplarini tadqiq etish. Atmel firmasining AVR oilasiga mansub mikrokontrollerlari RISK
komandalar sistemasiga ega
bơlgan bir kristalli mikro-EXMlardan iborat.
Komandalarning asosiy qismi mikrokontrollerda bir taktda bajariladi. Xotiradan
navbatdagi komandani tanlash undan oldingi komandani bajarish vaqtida amalga
oshiriladi.Mikrokontrollerlar KMOP texnologiyasi asosida yaratilgan
bơlib,
programmalar va malumotlarni saqlovchi energiyaga
bog’lik bơlmagan xotira
qurilmalari FleshROM va EEPROM texnologiyalari asosida yaratilgan.
AVR oilasiga uch seriyadagi mikrokontrollerlar kiradi: AT90, ATtiny va
ATmega, ular ichida ATtiny eng kam va ATmega eng
kơp xisoblash imkoniyatiga ega
(5.1-rasm).
A). AT tiny mikrokontrolleri v). AT mega mikrokontrolleri
5.1-rasm. Atmel firmasining AVR mikrokontrollerlari
Mikrokontrollerlarning strukturasi. AVR mikrokontrollerlari yagona asos strukturasiga ega b
ơlib, ơz ichiga
quyidagi tarkibiy qismlarni oladi:
-takt impul`slari generatori;
-protsessor;
-programmalarni va konstantalarni saqlovchi, FleshROM texnologiyasida
yaratilgan doimiy xotira;
-ma`lumotlarni saqlashga m
ơljallangan statik turdagi operativ xotira (SRAM);
-ma`lumotlar massivini saqlash uchun EEPROM texnologiyasida yaratilgan
doimiy xotira;
-ma`lumotlarni va boshqarish signallarini kiritish/chiqarish uchun qurilmalar
t
ơplami.
Mikrokontrollerning umumlashtirilgan struktura sxemasi 10.2-rasmda
keltirilgan.