• Shinali interfeys qurilmasi
  • Boshqaruvchi qurilma (BQ)




    Download 2,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/123
    Sana09.02.2024
    Hajmi2,97 Mb.
    #153799
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   123
    Bog'liq
    AMV majmua

    Boshqaruvchi qurilma (BQ) 
    buyruqlarni deshifratsiya qiladi. Zarur bo’lgan boshqaruv 
    signallarini ishlab chiqaradi va qabul qiladi. Uning tarkibiga mikroprogramma blokini boshqarish 
    qurilmasi kiradi, unda MP ni mikrokomanda darajasida programmalashtirish amalga oshiriladi. 
    Shinali interfeys qurilmasi (yoki shinali interfeys) segmentli registrlar bloki, buyruqlar 
    ko’rsatkichi, adreslar summatori, buyruqlar va shina bilan aloqa tuzadigan buferlardan iborat. 
    Shinali interfeys MP v
    a “xotira” yoki operasion qurilma bo’yicha kiritish-chiqarish portlari orasida 
    almashuv operatsiyasini bajaradi. Operatsion qurulma buyruqni bajarish bilan band bo’lganda, 
    shinali interfeys mustaqil ravishda xotiradan navbatdagi bajariladigan kodlarini tanlashni bajaradi. 
    Navbatdagi buyruqlar o’zida baytli registrlar to’plamini ko’rsatadi va programma xotirasidan 
    tanlangan kodlar saqlanadigan buyruqlar registri rolini o’ynaydi. Navbat (vaqt) uzunligi 6 bayt 
    bo’lib, buyruqlarning maksimal uzunligiga teng. Komandalar navbati borligi, operativ qurilma va 


    shinal
    i interfeysni parallel ravishda ishlash qobiliyati buyruqlar tanlash fazosi va qo’yilgan 
    operatsiyalarni ya’ni bir buyruq operatsion qurilmada bajarilayotgan paytda shinali interfeys 
    keyingi buyruq tanlovini amalga oshiradi. Shunday qilib, shina yuklanishini yuqori zichligi va 
    programma bajarilishini tezligini oshirilishiga erishiladi. 1.12-rasmda konveyerli prinsipini 
    ishlatilishi ko’rsatilgan. Unda T1 buyruqlar navbati to’lganda shina ishining bo’sh taktini bildiradi, 
    operatsion qurilma esa joriy buyruq b
    ajarilishi bilan band bo’lib, shinalar davrini bajarishini 
    so’ramaydi. 
    Shinali interfeys keyingi buyruq so’zini avtomatik ravishda navbatda ikkita bayt ozod bo’lishi 
    bilan tanlaydi. Quyidaga ko’ra, navbatda minimum 1 bayt buyruqlar oqimi borligi uchun 
    oper
    atsion qurilma buyruq tanlovini kutmaydi. Oldinga o’tgan buyruqlar tanlash buyruqlarni 
    bajarilishining tabiiy tartibidagina vaqt tejalishiga olib keladi. Operatsion qurilma programmada 
    boshqaruvni uzatish 
    (o’tkazish) buyruqini bajarganda shinali interfeys navbatini olib tashlaydi, 
    buyruqni yangi adres bo’yicha tanlaydi, uni operatsion qurilmaga o’tkazadi va xotiraning keyingi 
    yacheykalaridan to’ldirishni boshlaydi. Ushbu amallar shartli va shartsiz o’tkazishlarda qism 
    programmasini chaqirishda, qism program
    masidan qaytishda va to’xtalishlarni ishlab chiqishda 
    bajariladi. 
    1.12-rasm. Buyruqlarni konveyerli bajarilishiga misol.
    Zarurat bo’lganda operasion qurilma navbatdan baytni o’qib chiqadi va buyruq bilan tanlangan 
    operatsiyani bajaradi. Ko’p baytli buyruqlarda navbatdan boshqa buyruqlar ham o’qiladi. Agar 
    navbat bo’yicha buyruq xotira yoki kiritish-chiqarish portlariga murojaat qilishini talab qilsa, 
    operatsion qurilma shinali interfeysni zaru
    riy shina davrini ma’lumotlar berish uchun talab qiladi. 
    Shin
    ali interfeys buyruq tanlash bilan band bo’lmagan holda, so’rovga tezkor javob beradi, aks 
    holda operatsion qurilma joriy shina sikli ishi yakunlanishini kutadi. Operatsion qurilma, xotira 
    yoki kiritish-
    chiqarish portlari orqali ma’lumot almashinuvi paytida shinali interfeys tomonidan 
    buyruqlar tanlashi to’xtatiladi. 

    Download 2,97 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   123




    Download 2,97 Mb.
    Pdf ko'rish