4.2. Qiymatlarni xotira registrlarig
a yozish va o’qish jarayonini tashkil etish prinsipi.
Qiymatlarni ma’lumotli magistrallar orqali uzatishning umumiy qonuniyatini tushuntirishga
misol kilib qo’yidagi uchta 4-razryadli ma’lumotli magistrallar bilan bog’langan
sinxronlashtiruvchi registrlar
sistemasini ko’rib chiqamiz (3.2-rasm). Ao - Az kirishlari orqali
xabarlar registrga uzatiladi va faqatgina sinxrolashtiruvchi xabarni oldingi fronti orqali "Yozishga
ruxsat" (RZp) degan boshqaruvchi xabar (BX) bo’lgandagina trigger ishlaydi va bu qiymatlarni
yozadi. Agar RZp 0 bo’lsa, u xolla qiymatlarning kirish xabarlari triggerlarning kirishlariga
tushmaydilar va shuning uchun ham registrning holatini o’zgartira olmaydi. Bu holatda rejimda
A1 kirish maydon ma’lumotlarni o’tishi uchun kirish qarshiliklari yetarli kattalikka ega bo’ladi
yani ma’lumotlar registrga yozilmaydi. Bu holatda registrlarning kirishlarini qiymatlar
magistrallarining shinasiga yondash ulash hech qanday muommoni keltirib chiqarmaydi.
Ko’rilayotgan sxemada Qo - Qz ma’lumotli chiqish xabarlari "O", “I” va "o’chirilgan" logik
holatlarni is
hlab chiquvchi boshqariluvchi uchta pog’onali kaskadlar orqali tashkil etiladi.
Registrdagi triggerlarning chiqish kaskadlarini boshqarish ma’lumotlarni "chiqarishga (uzatishga)
ruxsat" (RV) degan xabar
orqali amalga oshiriladi. Chiqishidagi ma’lumotlarni uzatishni man
etish (RV=0) bo’lganda amalga oshadi, yani RV=0 bo’lganda rezistor kaskadlarning chiqishi
yuqori qarshilikka ega bo’lgan rejimga o’tadi. Shuning uchun ham registrlarning chiqishlarini
ham
ma’lumotli magistrallar shinasiga yondosh ulash hech qanday muammoni keltirib
chiqarmaydi.
Registrlarning triggerlarini holatlarini nolga keltirish "Nolga keltirishga ruxsat" (RUO)
degan xabar va sinxronizasiyalovchi impul’s orqali amalga oshiriladi.
Ko’rilayotgan sxemada registrlarning hamma kirishlari ma’lumotli magistrallarga
ulanganligiga qaramasdan, ma’lumotli xabarlar faqatgina bitta kaskadli registrni kirishida
RgZp=1, boshqalarida esa RZp=0 bo’lishi kerak. Bunday ketma-ketlik har bir kaskadli
regist
rlarning o’zini RgZp kirishiga beriladigan R3p=1 xabari orqali amalga oshiriladi. (Hamma
RgZp kirishlarida R3p=1 bo’lsa, kirish xabarlari bir paytda hamma kaskadli registrlarga yozilishi
mumkin). Ma’lumotli xabarlarni kaskadli registrlardan ketma-ket uzatish uchin faqatgina
tanlangan kaskadning registrini RV kirishiga RV=1 xabarini, boshqalarining kirishiga esa RV=0
xabarini berish kifoya. Ana shu shart bajarilganda RV=0 bo’lgan kaskadli registrlar chiqishlarining
magistrallar shinasiga yuqori qarshilik bil
an ulangan bo’ladi (izolyatsiyalanadi). Qiymatlarni
"registrdan - registrga" uzatish quyidagicha amalga oshiriladi. Uchta holatli chiqishli registrlarni
ishlash jadvalini ko’rib chiqamiz.
Ishlash jadvalidan foydalanib RgD1 qiymatlar registrining chiqish holatini RgDZ registriga
uzatish shartini aniqlaymiz (sh
artli yozish bo’yicha[RgD1] → [RgDZ]):
RZP1=0 RV1=0
RZP2=0 RV2=0 [RgD1] -> [RgDZ].
RZpZ=1 RVZ=0
Ma’lumotlarning holatini uzatish boshqarish xabarlarining darajasini ("1" yoki "0")
o’rnatgandan keyin sinxronlashtiruvchi impuls orqali amalga oshiriladi