• Norton Commander qobig’ida quyidagilar amalga oshiriladi
  • 5.4. Operasion sistemalar. 5.4.1. Operasion sistemalar to’g’risida tushuncha.
  • Dolzarb operatsion tizimlar va qobiqlar




    Download 2,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/123
    Sana09.02.2024
    Hajmi2,97 Mb.
    #153799
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   123
    Bog'liq
    AMV majmua

    5.3. Dolzarb operatsion tizimlar va qobiqlar. 
    Operasion tizimlar 
    — dasturli ta’minotning foydalanuvchi kompyuterda ishlaganda uning 
    interfeysini aniqlovchi muhim qismidir. 
    Interfeys foydalanuvchiga nisbatan do’stona munosabatda bo’lishi lozim va bu nuqtai 
    nazardan foydalanuvchining mashina bilan muloqotining uchta darajasi to’g’risida gapirish 
    mumkin: 
    - buyruqli interfeys 
    – foydalanuvchi operatsion tizimning fayl tizimini va buyruqlarini 
    yetarlicha bilishi kerak va ularni displey ekranida bor bo’lgan buyruq qatoriga klaviaturadan kirita 
    bilishi kerak, bunday interfeys bevosita MS DOS tomo
    nidan ta’minlanadi; 

    matnli menyu ko’rinishdagi interfeys – foydalanuvchi ko’p sonli menyularda mo’ljal ola 
    bilishi kerak va bu menyularda kerakli buyruqlar va fayllarni ularning nomlanishi bo’yicha tanlay 
    bilishi kerak (odatda ingliz tilida), bu tipdagi 
    interfeys OT ning ko’pgina qobiqlarida, xususan, eng 
    ommaviy hisoblanadi. 
    Norton Commander qobig’ida quyidagilar amalga oshiriladi: 

    grafik menyu ko’rinishdagi interfeys – foydalanuvchi ko’p sonli menyularda va 
    instrumentlar panelida mo’ljal ola bilishi kerak va bu menyularda kerakli buyruqlar va fayllarni, 
    odatda ularning nomlanishi bo’yicha ko’rsataditan shartli grafik belgilar bo’yicha tanlay bilishi 
    kerak, bu tipdagi interfeysni grafikli interfeyslar tizimlar (Windows-3.1) va grafik interfeysli 
    operatsion tizimlari (Windows-95, Windows-NT) tomonidan ishlatiladi. 
    5.4. Operasion sistemalar. 
    5.4.1. 
    Operasion sistemalar to’g’risida tushuncha. 
    EHM da har qanday masalani yechish, bir tomondan, bajarilishi kerak bo’lgan hamma 
    amallarning ketma-ketligini belgilaydigan dasturlarni (dasturli vositalar 
    –software), ikkinchi 
    tomondan esa, bu amallarni amalga oshirish uchun jalb qilinadigan aniq bir apparatura vositalarini 
    (protsessor, xotira, displey, printer, klaviatura va b. 
    –hardware) talab etadi. 
    EHM apparat vosi
    talarini boshqarishning ko’plab jarayonlari ma’lum darajada standart 
    hisoblanadi va aslini olganda, dasturli vositalarga bog’liq emas. Operasion tizimning (OT) asosiy 
    vazifasi ayni shu ko’rsatilgan standart, ko’pincha esa juda yetarlicha oddiy jarayonlarni bajarishni 
    avtomatlashtirishdir. 
    Hisoblash tizim
    ining turli tarkibiy qismlari orasidagi o’zaro aloqani 3.5-rasmda 
    ko’rsatilganidek tasvirlash mumkin. 
    Foydalanuvchi nuqtai nazaridan, OT qulay foydalanuvchi interfeysini (EHM ishini 
    boshqarish uchun buyruqli til va foydalanuvchini zerikarli amallarni bajarishdan ozod qiluvchi 
    servis xizmatlari to’plami), dasturli muhitni, o’ziga xos "peyzaj"ni (manzarani) shakllantiradi, ular 
    asosida foydalanuvchining amaliy dasturlari ishlab chiqiladi va ijro etiladi. 

    Download 2,97 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   123




    Download 2,97 Mb.
    Pdf ko'rish