• Amaliy dasturli ta’minot (ADT).
  • Ofis uchun amaliy dasturlar.
  • Instrumental dasturli vositalar




    Download 2,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/123
    Sana09.02.2024
    Hajmi2,97 Mb.
    #153799
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   123
    Bog'liq
    AMV majmua

    5.2.2. Instrumental dasturli vositalar. 
    Ins
    trumental dasturli vositalar boshqa dasturlarni ishlab chiqish, to’g’rilash va 
    keygayt
    irishda ishlatiladi va o’z tarkibiga dasturlarni yozish vositalarini (matn muharrirlarini), 
    dasturlarni SHK da bajarish uchun qulay ko’rinishga o’zgartirish (assemblerlar, kompilyatorlar, 
    interpretatorlar, yuklagichlar va aloqa muharrirlari), dasturlarini nazorat qilish va sozlash 
    vositalarini (sozlash vositalari) oladi. 
    Amaliy dasturli ta’minot (ADT). 


    ADT o’z tarkibiga foydalanuvchining muammoli amaliy dasturlarini va aniq bir muammo 
    sohasida ishlatishga mo’ljallangan amaliy dasturlar paketini oladi. 
    Ko’pchilik amaliy dasturlar paketi (ADP) biror interaktiv muhit ko’rinishiga ega bo’lib, 
    undan foydalanayotgan foydalanuvchi, ma’lumotlarni o’zgartirishning aniq bir jarayonlarini 
    bajarishda qulay va oddiy vositalarga ega bo’ladi. 
    SHK lar uchun ulkan miqdo
    rda ADP ishlab chiqilganligini ta’kidlash joizdir. 
    Ko’pchilik ADP lar orasida quyidagilarni aytib o’tish lozim: 
    · matn muharrirlari, matnli protsessorlar va noshirlik tizimlari; 
    · grafika muharrirlari va tadbirkorlik grafikasi vositalari; 
    · katta o’lchamli elektron jadvallar (jadvalli protsessorlar); 
    · telekommunikasion tizimlarni boshqarish ADP; 
    · qiymatlar bazasini boshqarish tizimi; 
    · ma’lumotli-qidirish tizimlari; 
    · sun’iy intellekt tizimlari, shu jumladan, ekspert tizimlari; 
    · avtomatlashtirilgan o’qitish tizimlari; 
    · ma’lumotlarni statistik qayta ishlash ADP; 
    · matematik dasturlashtirish ADP (chiziqli, butun sonli va b.); 
    · avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari; 
    · o’zining tarkibiga muammoga mo’ljallangan paketlarning bir nechta turini oladigan 
    integrallashgan ADP. 
    Ofis uchun amaliy dasturlar. Bu dasturlar kompyuterlar uncha katta b
    o’lmagan ofislarda 
    ko’pincha quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi: 
    matn muharrirlari va taqdimotli grafika vositalari yordamida kirish va chiqish 
    ma’lumotlarini qayta ishlash (elektron pochta va fakslar, xat va so’rovlar, e’lon va boshqa 
    hujjatlar); 
    odatda elektron jadvallarni ishlatib bajariladigan hisoblashlar va hisobotla
    r, ma’lumotlarni 
    yig’ish va tahlil qilish (praysvaraqlarni hisoblash va qayta ishlash, turli yo’nalishlar va mezonlar 
    bo’yicha hisobotlarni shakllantirish; ma’lumotlarni tahlil qilish va statistik qayta ishlash); 
    kelib tushgan ma’lumotlarni yig’ish va saqlash, bu ularni tez qidirish (turli xil mezonlar va 
    belgilar bo’yicha) va qiymatlar bazasini boshqarish tizimini (QBBT) qo’llagan holda bu 
    ma’lumotlarga murojaat qilishni ta’minlaydi; 
    iqtisodiy va buxgalterlik hisobotlari, shu jumladan, buxgalterlik hisobining dasturli 
    vositalari yordamida ish xaqini ham hisoblash; 
    maxsuslashgan moliyaviy amaliy dasturlar yordamida moliyaviy ahvolni va boshqa 
    moliyaviy hisoblashlarni tahlil qilish. 
    Ko’rsatilgan ishlarni alohida yoki integrallashgan holda bajarish imkonini beradigan 
    dasturiy mahsulotlar juda ham ko’p miqdorda chiqarilmoqda; amaliy ishlatish uchun muayyan 
    dasturni tanlash, albatta, muayyan sharoitlarga, lekin ko’p jihatdan sotib oluvchining bilimiga va 
    tajribasiga bog’liqdir. Shuning uchun qimmatbaho amaliy dasturlar paketini xarid qilishdan oldin 
    tegishli o’quv kursidan o’tish yoki mutaxassislardan malakali maslahat olish qatiy tavsiya etiladi 
    (qo’shnilarda ishlatilayotgan paketlarga o’xshash paketlarni xarid qilish iqtisodiy tomondan 
    mutlaqo maqsadga muvofiq emas). 
    Bu yerda faq
    at o’rtacha statistik tavsiyalarnigina berish mumkin. 
    Yuqorida ko’rsatilgan tavsiyalardan birinchi uchtasini amalga oshirish uchun alohida 
    dasturlardan emas, balki ofisga xizmat qiladigan integrallashgan paketlardan foydalanish 
    maqsadga muvofiqdir. 
    Eng ommaviy Microsoft Office Professional for Windows-
    95 paketa o’z ichiga 
    quyidagilarni oladi: 


    – kuchli matn muharriri Word-2000; 
    murakkab hisoblashlarning bajarilishini avtomatlashtiruvchi elektron Excel-2000 jadvali; 
    – katta sondagi ulkan fayllar bilan ishlashni tashkil etuvchi qiymatlar bazasini 
    boshqaruvchi Access-2000 tizimi; 
    – kerakli ma’lumotlarni juda rangbarang, shu jumladan, slaydlar ko’rinishida tasvirlash 
    imkonini beruvchi, taqdimotlarni ta’minlaydigan Power Point tizimi va yuqorida aytib o’tilgan 
    dasturlarda ishlatiluvchi birmuncha kichikroq ilovalar; 
    MS Graft 
    – jadvalli qiymatlar asosida chiroyli diagrammalarni qulay yaratuvchilar; 
    MS Word Art 
    – so’zlar va jumlalarni ajoyib, chiroyli, ma’lum uslubga solingan tasvirlarga 
    o’zgartiradi (ularni, masalan, firma blankalaridagi emblemalar va shapkalar sifatida ishlatish 
    mumkin). 

    Download 2,97 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   123




    Download 2,97 Mb.
    Pdf ko'rish