- ichiga qurilgan tarmoqli yordam berish
– boshqa OT lardan farqli o’laroq u boshidayoq
hisoblash tarmog’ida ishlashni hisobga olib yaratilgan, shuning uchun foydalanuvchi interfeysiga
fayllar, qurilmalar v
a ob’ektlarni birgalikda tarmoqli ishlatish vazifalari moslashtirilgan;
-
muhimlik bo’yicha ko’p masalalik, bu yuqoriroq muhimli ilovalarning quyi muhim
ilovalarni siqib chiqarishiga imkon beradi, xususan, "to’xtab qolgan" ilovalarni bajarishda
tizimning ishlamay turib qolishini avtomatik bartaraf qilish hisobiga mashina vaqtini yanada
samaraliroq ishlatish imkonini beradi;
- dasturlarni va foydalanuvchining turli fayllarini ruxsat etilmagan murojaat qilishdan
yetarlicha kuchli himoya vositasining borligi;
resurslarga ko’p darajali murojaat qilishlarning
borligi, bunda foydalanuvchi murojaat qilish darajalarini ularning vakolatiga mos ravishda
belgilaydi;
-
bir nechta faylli tizimlarni qo’llab-quvvatlash – Windows ning hamma versiyalari
t
omonidan qo’llab quvvatlanadigan DOS faylli tizimidan tashqari, Windows-NT o’zining shaxsiy
faylli tizimiga (NTFS) ega va OS/2 (High Performance FS) va ixcham-disk (CDFS) faylli
tizimlarini qo’llab-quvvatlaydi;
- kompyuter platformalarini, shu jumladan mul
’tiprotsessorli hisoblash tizimlarining keng
spektrini qo’llab-quvvatlash.
Windows-
NT OT ning birinchi versiyasi bozorda 1993 yilda paydo bo’ldi, hozirgi vaqtda
esa uning 3.0 va 4.0 versiyalari turli xil tashkilotlar, banklar, sanoat korxonalari va shaxsiy
foydalanuvchilar to
monidan keng qo’llanilmoqda.