5.5. Mikroprotsessorlarni programmalash tillari. MP larni ishlatish uchun quyidagi programmalash tillaridan foydalanish mumkin
[1,2,3,16,19,21].
1. Mashina tili.
2. Assembler tili.
3. Yuqori darajadagi til.
Amaliyotda
yaxshi,
xatosiz
ishlaydigan
programmani
olish
uchun
quyidagi
programmalashtrish vositalari mavjud, ya’ni 5 ta programmalashtirish vositalari bor.
1. Redaktorlovchi programmalar.
2. Translyatsiyalovchi (assembler va kompilyatorlar) programmalar.
3. Yuklovchi programmalar.
4. Modellovchi programmalar.
5. Sozlovchi programmalar.
4.5.1. Mashina tilida programmalashtirish. 4.4-rasm. Mashina tilida mikroE HM ga ma’lumot kiritish. Hamma programmalashtirish tillarining ichida mashina tili ko’proq umumiydir. Bu yerda
programmist mashina funksiyasidagi terminda fikr qilishi kerak. Mashina, bajarayotgan har bir
boshqarishni programmistga ta’minlab beradi. Bunday boshqarish programmaning vaqt bo’yicha
bajarilishini va xotiraga uni talab bo’yicha joylashtirishni optimallashtirib beradi.
5.5.2. Assembler tilida programmalashtirish. Assembler
tilini
ishlatganda
programmistni
MP
dan
assembler
ajratib
turadi. Assembler – bu assembler tilidan mashina tiliga o’tkazuvchi (translyasiya qiluvchi)
vositadir (4.5-rasm).
4.5- rasm. ASSEMBLER tilida mikrosxemaga ma’lumot kiritish. Assembler tilining mashina tilidan afzalligi
shundaki, ya’ni bu tilda programmalash mashina
kodlariga nisbatan oddiy bo’lgan ramziy belgilarda bajariladi.
Bu yerda MP ga qo’shimcha funktsiya yuklanadi ya’ni assembler tilida programma tuzish
hamda programmani saqlash uchun EHM xotirasining hajmini kattalashtirish.
Bu usulda programmalashda umumiy xotiradan samarali foydalanish yomonlashadi, chunki
haqiqiy programma orqali mashina programmaning hammasini boshqarish mumkinchiligi imkoni
bo’lmaydi.