Interfeyslarni o’zgartirgichlari (interfeyslarning kontrollerlari). Agarda bir turdagi
interfeysdan ikkinchi turdagi in terfeysga o’tish kerak bo’lsa, u holda interfeyslarni
o’zgartirgichlar yoki interfeyslarning kontrollerlari degan maxsus apparatning vositalari
ishlatiladi. MP si
stemalarini qurishda, ko’pincha elektron xabarlarining har xil formatlarini
o’zgartirishga to’gri keladi.
Hamma MP yondosh ko’rinishida berilayotgan raqamli qiymatlarni qayta ishlaydi. Bu holda
berilgan qiymatlar ma’lumotlar magistrali orqali ALQ ga yondosh ravishda qayta ishlanadi. Biroq
elektron sistemalarning periferiya qurilmalarida ma’lumotli xabarlar har xil formatga (razryadga)
ega bo’lishi mumkin. Shularning eng muhimlariga uzluksiz va raqamli ketma-ket xabarlar kiradi.
Katta integral sxemalar (KIS)
ko’rinishidagi uzluksiz raqamli va raqamli uzluksiz (ATSP va
TSAP) o’zgartirgichlar uzlukli xabarlarni yondosh kod ko’rinishiga va teskarisiga aylantiradi.
Rivojlangan o’zgartirgichlarning boshqarish vositalari MP bilan tashqi qurilmalarni to’g’ridan
to’g’ri qo’shimcha apparat vositalarisiz bog’lanishini ham ta’minlaydi.
Qiymatlar ketma-
ket raqamli format ko’rinishida bitta ma’lumotlar shinasi bo’yicha
uzatiladi. Bu esa periferiya
qurilmalari bilan bo’ladigan bog’lanishlar sonini ancha kamaytiradi.
(Bunday
bitta shina orqali ulanish tezkor periferiya qurilmalari bilan bog’lanish kerak
bo’lmasagina o’zini oqlaydi). Buni ta’minlash uchun MP va tashqi qurilmalarning ishlashini
sinxroni
zatsiyalaydigan qiymatlar formatini qabullovchi va o’zgartiruvchi programmali modulni
yaratish kerak.
Yuqorida aytilganlarni amaliyotda qo’llash uchun universal asinxron qabullovchi-uzatuvchi
deb ataluvchi qiymatlar formatini o’zgartiruvchi maxsus KIS li kontroller– o’zgartirgichidan
foydalaniladi.
Qiymatlarni asinxron uzatishda,
qabullovchi (ya’ni MP) va uzatuvchi (teletayp) bir-biri
bilan aloqada bo’ladilar, lekin har biri o’zining shaxsiy sinxronizasiyalovchi sistemasiga egadir.
Shuning uchun ham uzatuvchi qurilma xohlagan paytda qiymatlarni uzatishi mumkin.
Qabullagichda esa uz
atgich bilan birga ishlashni analiz qilaoladigan, ya’ni sinxronizasiyalovchi
vosita bo’lishi kerak.