Zamonaviy kompyuterlarda o„rnatilayotgan protsessorlar va




Download 22.42 Kb.
bet3/5
Sana14.11.2023
Hajmi22.42 Kb.
#98621
1   2   3   4   5
Bog'liq
“Mikroprotsessor texnikasi asoslari” fanidan mustaqil ish fayllar
1. Anketa (talabalar), 3-mavzu, conference, 12 labaratoriya ishi, Маълумотлар тузилмаси ва алгоритмлар узб, Abduvositaka, Saralash algoritmlari, Akademik yozuv 2 Omonboyev Rashidbek 12, kontakt hodisalar, golosariy, Operatsion tizimlar uz, 1 - lesson (internet), 2-маруза мавзуси Симулятор, dars tahlili, 6666666666666666666666666666666666666
Zamonaviy kompyuterlarda o„rnatilayotgan protsessorlar va 
ularning muhim jihatlari
Intel Core i7 protsessori. Intel Core i7 protsessori birinchi shaxsiy
kompyuter hisoblangan IBM PC kompyuterida ishlatilgan Intel 8088
protsessorining avlodidir. Intel Core i7 protsessori, tarkibida bor-yo‘g‘i 29 000-ta
tranzistori bo‘lgan Intel 8088 protsessoridan anchagina farq qilishiga qaramasdan,
unda Intel 8088 va undan keyin ishlab chiqarilgan Intel protsessorlari oilasiga
mansub protsessorlar uchun yozilgan ikkilik dasturlarni bajarish mumkin. Avval
ham ta’kidlab o‘tganimizdek ushbu protsessorlar arxitekturalari bir-biriga mos
holda takomillashtirib kelingan, ya’ni ular o‘zaro bir-biriga mos tushadi, rus tilida
bu «совместимость» deb ataladi. 99 Intel Core i7 protsessorining dastlabki
versiyasi 4-ta yadroli Nahalem arxitekturasiga asoslangan edi [1, 16]. Ushbu
protsessor tarkibida 731 000 000-ta tranzistor bo‘lib, uning «qatorining kengligi»
45 nanometrga va taktli generatorining chastotasi esa 3,2 GGs-ga teng edi. Odam
sochining diametri 20 000-100 000 nanometrnini tashkil qiladi. Intel Core i7
protsessorining 2011 yili ishlab chiqarilgan yangi versiyasi Sandy-Bridge
arxitekturasi asosida qurilgan. Uning tarkibida ishlatilgan tranzistorlarning soni 1
160 000 000-taga etdi, tezligi 3,5 GGsni va «qatorining kengligi» esa 32
nanometrni tashkil etdi. Intel Core i7 64-razryadli kompyuter bo‘lib, unda 80386,
80486, Pentium, Pentium II, Pentium Pro, Pentium III, va Pentium 4 protsessorlari



asosida qurilgan kompyuterlardagi kabi, ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan standart


arxitektura - ISA (Industry Standard Architecture) dan foydalanilgan. Ushbu
protsessor undan avval ishlab chiqarilgan va nomlari yuqorida sanab o‘tilgan
protsessorlar tarkibida mavjud bo‘lgan IEEE 754 standartiga asoslangan registrlar
va buyruqlar to‘plamlariga egadir. Intel Core i7 buyruqlarining tarkibiga birinchi
navbatda kriptografik amallarni bajarish uchun mo‘ljallangan yangi buyruqlar
qo‘shilgan. Intel Core i7 protsessori tarkibida 2-tadan 6-tagacha yadro bo‘lgan
holda ishlab chiqarilishi mumkin. Unda ham Pentium 4 protsessoriga o‘xshab bir
nechta apparat oqimlarni bir vaqtda faollashtirib ishlash mumkin bo‘lgan –
giperoqimli texnologiyadan foydalanilgan. Core i7 protsessorlarida ham uch sathi
kesh xotiradan foydalaniladi. Ularda ma’lumotlar va buyruqlar uchun
mo‘ljallangan alohida-alohida qilib ishlangan, har biri 32 Kbayt hajmga ega
birinchi sath (L1) kesh xotiralari mavjud. Har bir yadro o‘zining 256 Kbaytli
ikkinchi sath (L2) kesh xotirasiga ega. Hajmi 4 Mbaytdan 15 Mbaytgacha bo‘lishi
mumkin uchinchi sath (L3) kesh xotirasidan barcha yadrolar birgalikda
foydalanadilar. Intel Core i7 protsessori tomoning uzunligi 37,5 mm bo‘lgan
kvadrat shaklidagi LGA korpusiga joylashtirilgan (4-rasm). Mikrosxema uning
past qismida joylashgan 1155-ta chiqish oyoqchalariga ega. Bu oyoqchalarning
286-tasi protsessorni kuchlanish bilan ta’minlash uchun, 360-tasi shovqinni
kamaytirish uchun erga ulangan, 447-ta chiqish signallar uchun ishlatilgan, 62-ta
chiqish esa zahira uchun qoldirilgan
4-rasm. Intel Core i7 protsessorining mikrosxemasi.



5-rasm. Intel Core i7 protsessori chiqish oyoqchalarining nomlanishi.


UltraSPARC III protsessori. UltraSPARC III protsessori Sun firmasi
tomonidan ishlab chiqarilgan serverlar va ishchi stansiyalarda o‘rnatilgan 64-
razryadli UltraSPARC protsessorlari oilasiga mansub protsessor hisoblanadi.
Ushbu oila tarkibiga Version 9 SPARC arxitekturasi asosida ishlab chiqarilgan -
UltraSPARC I, UltraSPARC II va UltraSPARC III protsessorlari kiradi [2]. Bu
protsessorlar barchasining so‘z uzunligi 64- razryadga tengdir. SPARC (Scalable
Processor
ARCitecture
– наращиваемая архитектура процессора) –
kengaytirilishi yoki qo‘shimcha protsessorlar ulanishi mumkin bo‘lgan protsessor
arxitekturasi. UltraSPARC III protsessori o‘zidan avval ishlab chiqarilgan 32-
razryadli SPARC V8 protsessori bilan mos tushadi. UltraSPARC III protsessori
VIS 2.0 buyruqlar to‘plami bilan ishlay oladi. VIS 2.0 buyruqlar to‘plami
yordamida – uch o‘lchamli grafik ilovalarni ishlab chiqish, MPEG formatini real
vaqt masshtabida dekodlash, ma’lumotlar hajmini qisqartirish, Java-dasturlarini
bajarish va kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish jarayonlarini amalga
oshirish mumkin. VIS (Visual Instruction Set - набор команд для работы с



визуальными данными) – vizual ma’lumotlar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan


buyruqlar to‘plami. UltraSPARC III protsessorning birinchi modeli 600 MGs
chastotaga ega edi, uning qatorining kengligi 0,18 mkm-ga teng bo‘lib, tarkibida
29 000 000- ta tranzistor bor edi. Keyingi modellarda chastota 1,2 GGs-ga,
qatorining kengligi esa 0,13 mkm-ga ega bo‘lgan. UltraSPARC III mikrosxemasi
chiqishlar soni 1368-taga teng bo‘lgan LGA (Land Grid Array) korpusiga
joylashtirilgan (6-rasm). Mikrosxemaning chiqishlari uning pastki qismida
joylashgan 37*37 (jami 1369) o‘lchamli kvadrat matritsa shakliga ega.
Mikrosxemani o‘rnatish paytida adashmaslik uchun, uning chap tomonida pastda
joylashgan bitta oyoqchasi olib tashlangan xolatda ishlab chiqarilgan. 1,5 GGs
chastotada ishlovchi Pentium 4 va 1,2 GGs chastotada ishlovchi UltraSPARC III
protsessorlarini taktli chastotalari bo‘yicha solishtirish to‘g‘ri bo‘lmaydi.
UltraSPARC III protsessori har bir sikl davomida – to‘rtadan buyruqni bajarishni
yo‘lga qo‘yishi mumkin. Bu esa uning tezligi bitta siklda bitta buyruqni bajara
oladigan 4,8 GGs taktli chastotaga ega protsessor tezligiga teng deganidir. Bundan
tashqari UltraSPARC III turli xil buyruqlarni bajaruvchi oltita konveyerga ega. 102
Ushbu konveyerlarning ikkitasi 14 sathli konveyerlar bo‘lib, ular yordamida butun
sonlar ustida amallar bajarilishi mumkin. Keyingi ikkita konveyer yordamida esa
suriluvchi nuqtali sonlar ustida amallar bajariladi. Beshinchi koveyer
yuklash/saqlash amallarini va oltinchi konveyer esa kelayotgan buyruqlarni qanday
buyruqlar ekanligini aniqlab berish amallari bajarish uchun ishlatiladi.
UltraSPARC III protsessorida unumdorlikni oshirish imkonini beruvchi o‘ziga xos
- keshlash texnologiyasi ham amalga oshirilgan. Bu erda shuni ta’kidlab o‘tish
kerak bo‘ladi - Pentium 4 protsessori ham o‘zining ustun tamonlariga egadir. Turli
xil maqsadlar uchun mo‘ljallangan turli xil protsessorlarni, taktli chastotalari
asosida solishtirish – ularda bajariladigan ma’lum bir masalalarni echish qanday
yo‘lga qo‘yilganligi haqida aniq natijalarni bermaydi.



6-rasm. UltraSPARC III protsessorining mikrosxemasi.


UltraSPARC III protsessori ikkita blokka joylashtirilgan birinchi sath kesh
xotirasiga ega. Bu kesh xotira buyruqlar uchun mo‘ljallangan 32 Kbaytli va
ma’lumotlar uchun mo‘ljallangan 64 Kbaytli bloklardan tashkil topgan. Ushbu
protsessorda, har biri 2 Kbayt hajmga ega bo‘lgan – avvaldan tanlash va yozib
qo‘yish kesh xotiralari ham bor. Yozib qo‘yish kesh xotirasi birinchi sath kesh
xotirasidagi ma’lumotlarni, katta-katta xajmdagi bloklar ko‘rinishida ikkinchi sath
kesh xotirasiga uzatib beradi. Bu - protsessor va kesh xotiralar o‘rtasidagi o‘tkazish
qobiliyatini optimallashtirish uchun amalga oshirilgan. UltraSPARC III protsessori
ikkinchi sath kesh xotirasining hajmi, Pentium 4 protsessori kesh xotirasiga
nisbatan ancha katta, va unda bu kesh 103 xotiraning hajmini o‘zgartirish
imkoniyati ham bor. Ushbu protsessorning ikkinchi sath kesh xotirasi 1 Mbaytdan
8 Mbaytgacha o‘zgartirilishi mumkin. Pentium 4 protsessorida ikkinchi sath kesh
xotirasining hajmi o‘zgarmas bo‘lib, u 512 Kbaytga tengdir.






Download 22.42 Kb.
1   2   3   4   5




Download 22.42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy kompyuterlarda o„rnatilayotgan protsessorlar va

Download 22.42 Kb.