Counter Limited
-
yuqori chegaradan keyin hisoblash va nolga keltirish bloki.
Bu blok belgilangan yuqori chegarani chiqargandan keyin nolga
qaytariladigan hisoblagichdir. Hisoblagich har
doim nolga
tenglashtiriladi. Chiqish odatda 8, 16 yoki 32 bitli belgisiz butun
sondir. Yuqori chegarani ifodalash uchun zarur bo‘lgan eng kichik
bitlar soni ishlatiladi
.
Parametrlari:
1.15– rasm. Counter Limited elementining parametrlarini o‘zgartirish.
Upper limit
- Yuqori chegarani ifodalash uchun zarur bo‘lgan eng kichik
bitlar soni ishlatiladi.
Sample time
- oddiy yoki namuna vaqti (diskretlash vaqt qadami).
Ushbu blok simulyatsiya paytida o‘zgarishlar haqida ogohlantirishlar haqida
xabar bermaydi. Ushbu ogohlantirishlar haqida xabar berish uchun ma’lumot
sahifasiga qarashingiz mumkin( Simulink.restore.diagnostic) . Blok o‘zgarishlarni
to‘liq amalga oshirib bo‘lgandan so‘ng xatolar haqida xabar beradi.
Simulink
restore Diagnostic
- muayyan blok, quyi tizim yoki modelga diagnostika
ogohlantirishlarini tiklash. Simulink Restore Diagnostic (source) tomonidan
belgilangan bloklar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha yo‘qotilgan diagnostikani
tiklaydi.
Counter limited
blokiga misol quyidagi sxemada ko‘rib chiqish mumkin.
Yuqoridagi blok sxemani qurish va uning simulatsiyasini olish uchun quyidagi
ketma-ketlik amalga oshiriladi.
Matlab dasuriy paketi ishga tushiriladi. Matlab dasturiy paketini ishga
tushirish uchun quyidagi 3ta usuldan foydalanish mumkin.
a)
shaxsiy kompyuteringiz ish stolida mavjud matlab piktogrammasi
ustiga
ikki marta bosish orqali.
b)
windows
+ R tugmasini
bosish
orqali
quyidagicha
amalga oshiriladi(1.16 - rasm)
1.16– rasm. Matlab dasturini ishga tushirish ketma-ketligi
.
Shundan so‘ng matlab dasturining quyidagicha ish stoli(oyna)hosil
bo‘ladi(1.17-rasm).
1.17– rasm. Matlab dasturining ish stoli(oyna).
1. Matlab dasturida simulatsiya olish uchun Simulink blokiga o‘tishimiz zarur.
Uning uchun Simulink blokini ishga tushirish quyidagicha amalga oshiriladi.
a)
Home menyusidan New buyrug‘i tanlanib Simulink model ustiga bir marta
bosilib Blank model bo‘limiga o‘tiladi.
1.18- rasm. New menyusi orqali Simulink model buyrug‘ini tanlash.
b)
Blank model buyrug‘i tanlanadi.
1.19- rasm. Blank model ishchi oynasiga o‘tish.
Shundan so‘ng Simulinkda model yaratish uchun quyidagicha bo‘sh ischi
oyna hosil bo‘ladi(1.20-rasm).
1.20– rasm. Simulink ishchi oynasi.
Ushbu ishchi oynada har qanday ko‘rinishdagi model ustida simulyatsiya
yaratish uchun sxemalar yaratish mumkin. O‘rganilayotgan
Counter Limited
bloki
asosida simulyatsiyani yaratish uchun ketma-ketlik quyidagicha amalga oshiriladi.
Buning uchun ishchi oynaga kerakli elementlarni o‘tkazish kerak bo‘ladi.So‘ralgan
elementlar bloki
Library Browser
(Simulink kutubxonasida) joylashgan.
Kutubxonaga kirish quyidagicha amalga oshiriladi(1.21-rasm).
1.21– rasm. Simulink kutubxonasi.
Simulink kutubxonasi ma’lum bir vazifani bajaruvchi 16ta blok(
Commonly
used blocks, Continuous, Dashboard
va hokazolar)dan tashkil topgan
elementlardan iborat. Har bir blok 10dan ortiq elementlardan tashkil topgan.
Masalan, sources bloki quyidagi elementlar mavjud.
1.22- rasm. Simulink kutubxonasining elementlar qatori.
Har bir blok 10dan ortiq elementlardan tashkil topgan.Berilgan bloklar
orasidan bizga kerakli bo‘ladigan
counter limited
elementi ham mavjud (1.23-
rasm)
1.23- rasm. Sources blokining elementlari.
Quyidagi sxema orqali counter limited blokining simulyatsiyasini tavsifini
ko‘rib chiqamiz. Buning Simulink ish stolida sxemani qurib olamiz(1.24-rasm)
1.24- rasm. Counter limited elemetining simulyatsiya tuzilish sxemasi.
Elementlar bir biriga ketma-ket ulanib bo‘lgandan so‘ng amallarni tekshirish
tugmasi RUN bosiladi. Agarda run tugmasi orqali tekshirilgan sxemada xatolik
bo‘lsa quyidagicha eslatma paydo bo‘ladi.
1.25- rasm. Run tugmasini ishga tushirish.
Sxemada xatolik bo‘lsa quyidagicha eslatma paydo bo‘ladi(1.26 - rasm).
1.26 - rasm. Xatolik ko‘rinishi.
Bu eslatma counter limited elementi parametrlarida(upper limit, simple time)
da bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirish kerakligini anglatadi.
Masalan:
Sample time
ni diskretga o‘zgartirish mumkin. Yoki yuqori chegara
qiymatini butun songa o‘zgartirib quyidagicha natija olish mumkin
Upper limit = 25; Simple time = 1;
Buning uchun Simulink ish stolidagi counter limited elementi ustiga sichqoncha
ko‘rsatkichini ikki marta bosamiz va yuqoridagi qiymatlarni kiritib OK buyrug‘ini
bosamiz(1.27-rasm).
1.27
-
rasm. Counter limited elementi parametrlarini o‘zgartirilgan sxemasi.
Endi simulatsiya natijasini kuzatish uchun RUN tugmasini bosib sxema
ulanishini tekshirib bo‘lgach Scope tugmasini ikki marta bosamiz va hosil bo‘lgan
egri chiziq grafigini ko‘rishimiz mumkin(1.28 - rasm).
1.28- rasm. Counter limited elementining simulyatsiya natijasi.
Endi jarayon uchun umumiy simulatsiyani to‘xtatish vaqtini 25 deb olamiz.
Bu vaqtni kiritish uchun quyidagicha yo‘l tutamiz(1.29-rasm) T=25
1.29-rasm. Simulyatsiya vaqti T=10 ga bo‘lgandagi va T=25 ga bo‘lgandagi
o‘zaro farq.
Demak ushbu simulatsiya diskret vaqt oralig‘i 1ga yuqori chegara sanoq 20 ga teng
bo‘lganda jarayon yuqoridagicha ko‘rinishda kuzatiladi.
Pulse Generator
- Muntazam oraliqda kvadrat to‘lqin impulslarini hosil qilish.
Pulse Generator bloki muntazam oraliqda kvadrat to‘lqinli
impulslarni hosil qiladi. Blok to‘lqin shakli parametrlari, Amplituda
Puls kengligi , davr va fazani kechiktirish chiqish to‘lqin shaklining
shaklini aniqlaydi.
Chiqish impulslari:
agar (t >= PhaseDelay) && Puls yoqilgan bo‘lsa
Y(t) = Amplituda
Y(t) = 0
oxiri
Vaqt yoki namunaga asoslangan ushbu blok yaratadigan kvadrat to‘lqin turini
yaratish uchun hisoblash texnikasi. Muloqot oynasidagi ba’zi parametrlar vaqtga
asoslangan yoki namunaga asoslangan tanlaganingizga qarab paydo bo‘ladi.
Simulyatsiya vaqtida impuls generatorida faza kechikishini sozlash.
Ushbu misol modelni qanday o‘zgartirish kerakligini ko‘rsatadi. Shunda siz
simulyatsiya paytida
Pulse Generation
bloki uchun faza kechikishini
o‘zgartirishingiz mumkin. Simulyatsiyapaytida fazani kechiktirish parametrining
qiymatini sozlay olmaysiz.Vaqtinchalik yechim sifatida doimiy blok va
o‘zgaruvchan vaqtni kechiktirish blokini qo‘shiladi.
1.30-rasm. Fazani kechiktirishda puls generatori orqali tuzilgan sxema
Pulse Generator blokida fazani kechiktirish parametrining qiymatini nolga
o‘rnating. Kechikish vaqtini soniyalarda belgilash uchun
Constant
blokidan
foydalanamiz. Simulyatsiya paytida kechikish vaqtini sozlash uchun
Constant
blokida saqlangan qiymatni o‘zgartirish kerak.
Constanta = 2;
1.31-rasm. Puls generator parametrlarining qiymatlarini o‘zgartirish.
Bu yerda:
|