189
Bir o`zgaruvchili funksiya grafigini qurush.
Bevosita hisoblashlar rejimida amalda tizimning grafiklar qurushga taluqli barcha
imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.
Avvaliga oddiy misol, sinusoidalning grafigini
qurushni qaraylik. Funksiyaning x argumenti 0 da 10 gacha bo`lgan intervalda 0.1
qadam bilan o`zgarsin.
Grafik qurush uchun avval x=0:0.1:10 vektorni kiritish, keyin
esa
grafik qurush komandasi plot(sin(x)) foydalanish yetarli.
>>x=(-15:0.1:15);
>>y=sin(x);
>>plot(x,y)
>>
Yagona oynada bir necha funksiyaning grafigini qurush.
190
Bir yo`la uchta funksiyaning: sin(x), cos(x) va son(x)/x larning grafiklarini
qurushga harakat qilib ko`raylik. Bu funksiyalarni argumenti yaqqol ko`rsatilmaydigan
y(x) ko`rinishidagi o`zgaruvchilar bilan belgilash mumkin.
>> y1=sin(x); y2=cos(x); y3=sin(x)/x;
Bunday imkoniyat ushbu o`zgaruvchilarning x o`zgaruvchi
kabi vector
bo`lganligi sababli o`rinli. Endi plot komandasining shakillarining biridan foydalanish
mumkin:
>>plot(a1,f1,a2,f2,a3,f3,…).
Bu yerda a1,a2,a3,…, -funksiya argumentlarining vektorlari(yuqoridagi holda
ularning hammasi- x), f1,f2,f3,…, - grafiklari yagona oynada
qurilayotgan funksiyalar
qiymatlarining vektorlari.
Ko`rsatilgan funksiyalarning grafigini qurush uchun plot komandasini
quydagicha yozamiz.
>>x=0:0.1:10;
>> y1=sin(x); y2=cos(x); y3=sin(x)/x;
>>plot(x,y1,x,y2,x,y3)
Download