• ROM(Read Only Memory )
  • SRAM (Static RAM)
  • Kompyuterni tashkil etish fanidan 2-amaliy ishi




    Download 262,85 Kb.
    bet3/3
    Sana13.05.2024
    Hajmi262,85 Kb.
    #229479
    1   2   3
    Bog'liq
    2-amaliy ishi

    Taymingi. Bu ma`lumotni operativ xotira modullari orasida o'tayotganida
    ushlanib qoladigan vaqti hisoblanadi. Bunday parametrlar ko'p xisoblansada, asosiy 4 tasi quyidagilar:
    1.CAS Latency
    2.RAS to CAS Delay
    3.RAS Precharge Time
    4.DRAM cycle Time

    Bu parametr operativ xotirani chastotasi bilan bog'liq bo'lib,qancha chastota katta bo'lsa, uni taymingi shuncha katta bo'lishi mumkin. Lekin bazi operativ xotira ishlab chiqaruvchi firmalarni mahsulotlarida "LOW Latency" degan yozuv bo'ladi. Bu "katta chastotada-kam ushlanib qolish vaqti" ma`nosini beradi.


    Kuchlanish: operativ xotira uchun ketadigan tok kuchi kuchlanishi. Albatta bunday ko'rsatkichi kichkina bo'lgan operativ xotiralar bo'lgani yaxshi. Lekin chastota qanchalik katta bo'lgani sari unga kerak bo'ladigan tok kuchi kuchlanishi ham shunchalik katta bo'lib boraveradi. Bu parametr yuzasidan "LV"-Low Voltage markirovkali operativ xotiralarni xarid qilish maqsadga muofiq bo'ladi. Operativ xotira degan atama ko`pincha faqat sistemani tashkil etuvchi mikrosxemalarni anglatmay, balki mantiqiy akslantirish va joylashtirish degan tushunchalarni ham o`z ichiga oladi. Mantiqiy akslantirish - bu o`rnatilgan mikrosxemalarda adreslarni tashkil etish usulidir. Joylashtirish - bu aniq bir turdagi axborotni adreslar bo`yicha joylashdir. Biror ofisda qaysidir xodim kartotekadagi ma`lumotni qayta ishlayapti deb tasavvur qilaylik. Bizning misolda kartoteka
    vazifasini programma va ma`lumotlarni uzoq vaqt saqlovchi qattiq disk bajaradi. Joriy vaqtda xodim qayta ishlayotgan ishchi stolni sistemaning operativ xotirasi tasvirlaydi. Xodimning o`zi esa protsessorga o`xshagan ish bajaradi. U stoldagi barcha hujjatlarga murojaat qila oladi. Biroq aniq bir hujjat stolda bo`lishidan oldin uni kartotekadan qidirib topish kerak. Agar ishchi stol kerakli darajada katta bo`lsa unda bir vaqtning o`zida bir necha hujjat bilan ishlash mumkin. Sistemaga qo`shimcha qattiq disk qo`shish huddi ofisga yangi kartoteka qo`shilganday - kompyuter doimiy ravishda ko`proq ma`lumot saqlay oladi. Sistemadagi operativ xotirani ortirish ofisdagi ishchi stolni kengaytirish demakdir - kompyuter bir vaqtning o`zida ko`proq programma va ma`lumotlar bilan ishlay oladi.

    Zamonaviy kompyuterlarda 3 turdagi xotira qurilmalari ishlatiladi:



    1. ROM(Read Only Memory ) - doimiy saqlash qurilmasi. Bu qurilmaga

    ma`lumotlar yozib bo`lmaydi.

    1. DRAM (Dynamic Random Access Memory)- ixtiyoriy murojaat qilish

    mumkin bo`lgan dinamik xotira qurilmasi.

    1. SRAM (Static RAM) - statik operativ xotira.

    Download 262,85 Kb.
    1   2   3




    Download 262,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuterni tashkil etish fanidan 2-amaliy ishi

    Download 262,85 Kb.