• Operativ xotirani quyidagi parametrlari bor: Tip.
  • Chastotasi.
  • Kompyuterni tashkil etish fanidan 2-amaliy ishi




    Download 262,85 Kb.
    bet2/3
    Sana13.05.2024
    Hajmi262,85 Kb.
    #229479
    1   2   3
    Bog'liq
    2-amaliy ishi

    OPERATIV XOTIRA - bu protsessorning ishchi sohasidir. Unda ish vaqtidagi barcha programma va ma`lumotlar saqlanadi. Operativ xotira ko`pincha vaqtinchalik xotira deb ham ataladi, chunki undagi programma va ma`lumotlar faqat kompyuter yoqig`ligida yoki kompyuter qayta yuklangunicha saqlanadi. Kompyuter o`chirilishidan yoki qayta yuklanishidan oldin barcha ma`lumotlar saqlab qo`yilishi lozim. Operativ xotira ba`zida ixtiyoriy murojat qilish mumkin bo`lgan saqlash qurilmasi deb ham yuritiladi. Buning ma`nosi shundan iboratki operativ xotiradagi ma`lumotlarga murojat undagi ma`lumotlarning ketmaketligiga bog`liq emas.
    Operativ xotirani quyidagi parametrlari bor:
    Tip. Operativ xotirani bugungacha bir necha xil tip (tur)lari bor.
    1. SIMM;
    2. DIMM;
    3. DDR2 4. DDR3
    Bular bir-biridan ko'rinishi, xotira xajm, chastotasi va boshqa parametrlari bilan farqlanadi.
    Hajmi. Tipidan kelib chiqib bir-biridan farqlanadi. Ona platada operativ xotira qurilmasi uchun 2 va undan ortiq joy bo'lishi ham mumkin. Bugungi kunga kelib DDR3 turidagi operativ xotiralarni 3-4 Gb xajmlilari va undanda yuqori hajmlilari ham bor. DDR2 turidagi operativ xotiralarda 1-2 Gb yuqori hajm hisoblanar edi. Operativ xotirani xotira xajmi haqida gap ketganida operatsion tizimni ham hisobga olish kerak bo'ladi. Chunki agar, operatsion tizim maksimum 2 Gb ma`lumot bilan ishlay olsayu, operativ xotira hajmi 8 Gb bo'lsa, unda qolgan 6 Gb ishlatilmay yotaveradi. Tuzlishi jihatidan DDR3 - DDR2 dan ancha kichikroq ko'rinishda bo'lsada, ko'pgina parametrlari undan yuqoridir.
    Chastotasi. Bu ona plata bilan ma`lumot almashish vaqtida operativ xotira kanalidan qanchadir vaqtda (masalan bir sekundda) necha marta ma`lumot o'tish ko'rsatkichidir. Operativ xotira chastotasi haqida gapirilganda, ona platadagi operativ xotira portlari bilan mikroprotsessor orasidagi shinani chastotasini ham hisobga olish kerak, chunki operativ xotira chastotasi 1600 Mhz bo'lsayu, ona platadagi operativ xotirani mikroprotsessor bilan ulovchi shina chastotasi 1066 Mhz bo'lsa, unda maksimal operativ xotira va mikroprotsessor o'rtasidagi ma`lumot almashish tezligi 1066 Mhz dan oshmay turaveradi.

    Download 262,85 Kb.
    1   2   3




    Download 262,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuterni tashkil etish fanidan 2-amaliy ishi

    Download 262,85 Kb.