Kompyuterni tashkillashtirish fanidan amaliy mashg‘ulot
uchun ajratilgan
ta’lim soatlarini bajarish va baholash uchun topshiriqlar beriladi.
Topshiriqlarni
rasmiylashtirish uchun quyida keltirilgan savollar to‘plami uchun mashg‘ulot
xisobotini tayyorlashlari talab etiladi. Rasmiylashtirish
uchun xisobot tarkibi va
namuna talabalarga taqdim etiladi.
*** ***
XISOBOT QUYIDAGI TARTIBDA TOPSHIRILADI.
1.
Titul varaqasi:
fan nomi, ish mavzusi, talabaning familiyasi, ismi va otasining
ismi aks ettiriladi (namuna fayli kabi tayyorlash tavsiya etiladi.).
2. Muammoning qo‘yilishi va maqsadi:
talaba
uchun berilgan topshiriq
mazmunidan kelib chiqib maqsad va vazifalarni belgilaydi.
3. Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy malumot:
qo‘yilgan muammoning
nazariy qismi aks ettiriladi 150-300 ta so‘z oralig‘ida bo‘lishi talab etiladi.
4. Ishning bajarish tartibi:
talaba o‘z masalasi yechimininng qo‘llanilgan
ketma-ketligi, algoritmlar va boshqalar keltiriladi. Ushbu
topshiriq amaliyoti ikki
qismdan iborat (Amaliy qism uchun foydalanish
vositasini yaratib olish va
misollarni simmuliyatsini yaratish)
5. Masalaning yechimi:
berilgan topshiriqning
maqsadga erishilganligini
ifodalovchi natijalar keltiriladi. (bazi hollarda masalani yechimi aniq belgilanmaydi
amaliy qismining o‘zi bilangina yakunlanadi Masalan:
bazi bir obyektlarni tahlil
qilishda qo‘llanilsa).
6. Xulosalar:
erishilgan natijalarning qisqacha tahlili keltiriladi.
7. Xujjat matniga qo‘yilgan talablar:
- matnni joylashtirishga sahifaning chegaralari yuqoridan va pastdan 2 sm,
o‘ngdan 1.5 sm, chapdan 3
smni tashkil etadi;
- oraliq masofa 1.5pt, satr boshi 1,25 sm xisoblanadi;
- shirift turi Times New Roman, o‘lchami 14 pt ga teng bo‘lishi;
- topshiriq 3 - 5 varoqda bo‘lishi tavsiya etiladi.
- topshiriqning amaliy qismini tayyorlash uchun
kompyuter dasturlaridan
foydalanish mumkin bu hech qanday ahamiyatga ega emas.