|
Kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalari mavzu: kompyuterning umumiy tuzilishi, uning qurilmalari
|
bet | 1/3 | Sana | 19.09.2024 | Hajmi | 3,33 Mb. | | #271719 |
KOMPYUTERNING ASOSIY VA QO’SHIMCHA QURILMALARI Mavzu: KOMPYUTERNING UMUMIY TUZILISHI, UNING QURILMALARI - Tayanch iboralar: dastlabki Elektron hisoblash mashinasi, EHM avlodlari, shaxsiy kompyuterlar, kompyuter turlari, kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalari: monitor, klaviatura, protsessor va uning ichki qurilmalari, sichqoncha; printer, skaner, modem, faks-modem, proyektor (doskasi), veb-kamera, UPS, XUB, kolonkolar (ovoz kuchaytirgich), mikrofon, naushnik, disk yurituvchi (CD va DVD ROM), CD va DVD disklar, flеsh disk.
- Kompyuter (ingl. computer – hisoblagich) – elektron shaklga va turli ma’lumotlarni qabul qilish, yig‘ish, saqlash, ularga ishlov berish, axborot uzatish, hisoblash kabi imkoniyatlarga ega bo‘lgan qurilma.
- Kompyuterlarning turlari:
- Mini kompyuterlar (MiniComputer)
- Portativ kompyuterlar (Notebook)
- Shaxsiy kompyuterlar (Personal Computer)
- Server kompyuterlar (Servers)
- Super kompyuterlar (Super Computer)
Mini kompyuterlar va Noutbuk - Mini kompyuterlar – o‘lchami va bajaradigan amallar hajmi jihatidan juda kichik hisoblanadi. Bunday kompyuterlar cho‘ntak kompyuterlari deb ataladi.
- Portativ kompyuterlar (noutbuk, netbuklar) – bunday turdagi kompyuter-larning ekrani va asosiy bloki birlashgan bo‘lib mobil foydalanishga juda qulay.
Shaxsiy va Server kompyuterlar - Shaxsiy kompyuterlar – uyda va ish joyida turli masalalarni yechishda foydalaniladigan IBM rusumidagi kompyuterlar. Axborotlarga ishlov berish tezligi va xotira tizimi ish faoliyatimizdagi oddiy masalalarni yechishga yetarli hisoblanadi.
- Server kompyuterlar – fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga hamda tarmoqdagi kompyuterlarga o‘z resurslarini taqdim etishga mo‘ljallangan kompyuterlar. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi shaxsiy kompyuterlarnikiga qaraganda ancha yuqori hisoblanadi.
|
| |