• Videoxotira
  • Kontrollerlar
  • Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari




    Download 0,8 Mb.
    bet4/7
    Sana20.11.2023
    Hajmi0,8 Mb.
    #101957
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    SHK Asosiy qismlari

    Doimiy xotira - BIOS – Basic Input Output System – kiritish-chiqarishning asosiy sistemasi. Ulardagi ma’lumotlar mikrosxema tayyorlanayotganda kiritib qo`yiladi. Bunday xotiradan faqat o`qish mumkin . Shuning uchun ham u ROM (Read Only Memory - faqat o`qish uchun ) deb ataladi. Bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, OS ni boshlang`ich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko`rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun xizmat qiladi. BIOS da, shuningdek kompyuter konfiguratsiyasini saqlovchi Setup programmasi ham joylashgan bo`ladi. Bu programma masalan, videokontroller, qattiq disk va disket diskovodi, undan tashqari parollar o`rnatish va boshqa xizmatlar qiladi. DEL tugmasi orqali chaqiriladi.
    CMOS (yarim doimiy xotira) - konfiguratsiya parametrlarini saqlovchi yarim doimiy xotira. Maxsus akkumulyatorlar yordamida kichik quvvatda ishlaydi. Shuning uchun undagi ma’lumot o`chib ketmaydi. SETUP programmasi har gal kompyuter konfiguratsiyasini so`zlaganda, lozim bo`lsa, CMOS xarakteristika- lariga o`zgartirish kiritadi.
    Videoxotira - u monitor ekraniga chiqariladigan tasvirni saqlashga xizmat qiladi. Videokontroller tarkibiga kiradi.
    Kompyuterdagi eng katta plata – sistema platasidir. Bu plata tekis plastinka va unga joylashgan mikrosxemalar, kondensator, razyomlar va boshqalardan iborat, ular o’zaro o`tkazgichlar bilan bog`langan bo`ladi. Ona platada mikroprosessor, xotiralar, shinalar, kontrollerlar mavjud bo`ladi.
    Kontrollerlar - kompyuterning turli vositalari , qurilmalarini boshqaruvchi elektron sxemalardir. Barcha kompyuterlarda klaviatura, monitor, qattiq va egiluvchan disk qurilmalari va hokazo kontrollerlar mavjud. Hozirgi zamon kompyuterlarining barchasida kontrollerlar ona plataga joylashgan bo`ladi. Bularni integrallashgan kontrollerlar deb ataladi.
    Amalda har bir kontroller o`zi uchun alohida yasalgan platada joylashadi. Bu platalar sistemali plataning maxsus razyomlariga ulanadi. Natijada iste’molchi o`z



    kompyuteriga qo`shimcha qurilmalar qo`yishi mumkin. (Masalan, faks-modem, tovush kartasi yoki teleko`rsatuv ulash mumkin).


    Shinalar – operativ xotira va kontroller orasida o`zaro ma’lumot uzatish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun kontroller platasi ona plata razyomiga kiritilganda shinaga ulanadi. Zamonaviy kompyuterlarda 2 turdagi shinalar mavjud. ISA va RCI
    ISA – turdagi shinalar, tezligi sustroq bo`lgan kontrollerlar uchun (klaviatura, sichqon, disket qurilmalari, modem tovush kartasi va boshqalar).
    RCI - turdagi shina tezligi yuqori bo`lgan qurilmalar orqali ma’lumot uzatishga xizmat qiladi (vinchestor, videokontroller va boshqalar).
    Kiritish-chiqarish portlari kontrollerlari kompyuterning orqa panelidagi razyomiga kabellar orqali ulanadi. Kiritish – chiqarish portlari quyidagi turlarga bo`linadi:

    • parallel ( ZE1 – ZE4), 25 uyali printer ulanadi;

    • ketma-ket ( SOM1 – SOM3 belgili) 9 va 25 bigizli sichqon, modem va boshqalar ulanadi;

    o`yin porti , 1.5 uyali razyomiga djoystik ulanadi.

    Download 0,8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari

    Download 0,8 Mb.