Togʼ jinslari va ularning fizikaviy-mexanikaviy xossalari




Download 18,99 Kb.
bet2/2
Sana22.02.2024
Hajmi18,99 Kb.
#160844
1   2
Bog'liq
19Kon jinslari va ularning asosiy fizik-mexanik xususiyatlari

Togʼ jinslari va ularning fizikaviy-mexanikaviy xossalari
Togʼ jinslari deb bir xil yoki turli minerallar hamda boshqa jinslar boʼlaklaridan tarkib topgan, yer qobigʼini tashkil etuvchi mustahkam yoki yumshoq birikmalarga aytiladi.

Yer shari xilma-xil togʼ jinslari va minerallardan tashkil topgan. Litosferani tashkil qiluvchi togʼ jinslari (ohaktosh, granit, qum, gil, tuproq) asosan turli minerallar yigʼindisidir. Shuning uchun togʼ jinslarini tashkil qilgan minerallar bilan tanishmasdan, ularning fizik, kimyoviy xossalarini oʼrganmasdan togʼ jinslarini bilish qiyin.


Yer qobigʼining ichida va sirtida boʼlib turadigan turli xil fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida vujudga kelgan tabiiy kimyoviy birikmalar minerallar deb ataladi. Togʼ jinslarini hosil qiluvchi minerallar oʼziga xos fizik-kimyoviy xususiyatga ega. Tabiatda maʼlum boʼlgan minerallar turi 3000 taga yaqin boʼlib, koʼpchiligi qattiq, qisman suyuq va gaz holida uchraydi.
Togʼ jinslarini tashkil qiluvchi muhim minerallar turi 50 tadan oshmaydi va ular asosan 9 ta kimyoviy element (O, Si, Fe, АI, K, Na, Ca, Mg, H) lardan tashkil topgan.
Togʼ jinslarini tashkil qiluvchi muhim minerallarning oʼziga xos fizik xususiyatlari boʼladi, ana shu xususiyatlariga koʼra bir mineralni ikkinchisidan ajratish mumkin. Minerallarning morfologiyasi ularning qanday moddalardan tarkib topganligiga va u moddalarning molekula, atom va ionli ichki tuzilishiga bogʼliq. Аna shunga koʼra minerallar har xil geotermik shakllarda qotadi, yaʼni kristallanadi. Minerallarning kristallanish xossalarini kristalllografiya fani oʼrganadi. Minerallarning kristallanish xossasi ularning boshqa amorf (shaklsiz) moddalardan farq qilishda asosiy belgi boʼlib xizmat qiladi. Koʼpchilik minerallar (qattiqlari) kristall, juda oz qismi amorf holda uchraydi. Masalan, kristallangan minerallarga kub shaklida kristallanuvchi osh tuzi (galit), flyuorit, olmos, magnetit va boshqalar kiradi, amorf shaklidagi minerallarga esa fosforit, opal va boshqa shu kabilar misol boʼla oladi.
Togʼ jinslari yer qobigʼining qaʼrida (ichki qismida) yoki uning yuzasida boʼladigan geologik jarayonlar natijasida hosil boʼladi. Togʼ jinslari hosil boʼlish sharoitlariga koʼra magmatik, choʼkindi va metamorfik turlarga boʼlinadi. Togʼ jinslarini tavsiflashda ularning tuzilmasi va teksturasi muhim ahamiyatga ega.
Tuzilma - bu togʼ jinslarni tashkil etuvchi minerallar va boshqa jins boʼlaklarining oʼlchamlari, shakli va oʼzaro munosobatlarini tavsiflovchi xususiyatidir.
Tekstura - togʼ jinslarini tashkil etuvchi qismlarning (boʼlaklarning) unda tarqalish xususiyatlarini tavsiflovchi belgisi.
Organogen jinslar asosan chigʼanoqlar yoki oddiy organizmlar skeletlari boʼlaklaridan tashkil topgan turli ohaktoshlar va kremniyli jinslardan iborat. Ularga yonuvchi slantslar, neft va boshqalar kiradi. Ularning hosil boʼlishida kimyoviy jarayonlar katta rolь oʼynaydi, lekin neft organik yoʼl bilan hosil boʼladi.
Piroklastik jinslar (grekcha: «Pyr»–olov, «clastikos»-maydalangan) genetik jihatdan magmatik jarayonlar bilan bogʼliq, hosil boʼlishi va tashqi koʼrinishiga koʼra choʼkindi jinslar guruhiga kiradi. Аtmosferaga otilgan vulqon mahsulotlari yerga tushadi va odatdagiday boʼlaklanib boradi; suv oqimlarida ularning togʼ jinsiga aylanishi choʼkindi jinslar hosil boʼlishidan deyarli farq qilmaydi. Ingribitlar bunga kirmaydi, ular sovib ulgurmasdan yerga tushib mustahkam vulqon jinslarini hosil qiladi. Piroklastik jinslar boʼlaklarining oʼlchamlari kattaliklariga koʼra tasniflanadi: vulqon kuli zarrachalarining oʼlchamlari 1 mm gacha, vulqon qumi 1-2 mm gacha, vulqon bombasi 30 mm dan katta boʼladi.
Qatlam deb taxminan oʼzaro parallel boʼlgan yuzalar bilan chegaralangan bir xil tarkibli geologik hosilaga aytiladi. Qatlamlar yer qobigʼida joylashuvlariga koʼra: gorizontal, qiya holatda va burmalanib yotgan holatlarda uchraydi.
Burma deb tektonik kuchlar taʼsirida choʼkindi, vulqon va metamorfik togʼ jinslari qatlamlarining plastik deformatsiyasi tufayli toʼlqinsimon buklanishiga aytiladi.
Togʼ jinslarining gʼovakligi deb, ularning orasidagi qattiq jinslar bilan toʼlmagan gʼovak va darzliklarga aytiladi.
Download 18,99 Kb.
1   2




Download 18,99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Togʼ jinslari va ularning fizikaviy-mexanikaviy xossalari

Download 18,99 Kb.