• - Ko’chma elektr uskunalar.
  • Kon mashinalari elektr jixozlari va elektr ta’minoti to’g’risida umumiy tushunchalar




    Download 173.84 Kb.
    bet2/6
    Sana21.04.2023
    Hajmi173.84 Kb.
    #53099
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    osnovnie-trebovaaniya-k-napisaniyu-referata 2 , Sarvinoz Ulug\'boyeva 22.14-guruh, Planar graflar. Pontryagin-Kuratovskiy teoremasi, planar-graflar-pontryaginkuratovskiy-teoremasi, Diskret tuzulmalar Topshiriq 1 sirtqi namuna, Қарши туманидаг-WPS Office, trafaret-zebra (1), 180, 3333333, Малумотнома Нозима, Lazerlar va ularning amaliyotdagi o\'rni, Девиз к 30летию, TAQVIM (3), Буйрукдан куч.азизхон
    - Turg’un elektr uskunalar. Bu uskunalar ish bajarish jarayonida o’z joyidan ko’zg’almaydi. Bu guruxga- yuk ko’tarish, havo siqish (kompressor), suv chiqarish, shamollatish mashinalari, bosh va yer osti markaziy nimstansiyalarning elektr uskunalarini misol qilib ko’rsatish mumkin:
    - Ko’chma elektr uskunalar. Bu uskunalar, ish qobiliyatini yo’qotmasdan o’z joyini o’zgartirib, ish jarayonida qatnashadi. Bu guruhga, foydali qazilmalarni qazib oluvchi, kon laximlarini tayyorlovchi, yuklash, Burg’ulash mashinalarining va ekskavatorlarning hamda, uchastka nimstansiyalarning elektr uskunalarini misol qilib ko’rsatish mumkin.
    Kon elektr uskunalarining asosiy xususiyatlaridan birinchisi portlashdan ximoyalash darajasi bo’lsa, ikkinchisi portlashdan saqlovchi vositalarning borligidir. Portlashdan himoyalash darajasi buyicha, kon elektr uskunalari quyidagilarga bo’linadi:
    - normal kon elektr uskunalari. Bu uskunalarda portlashdan saqlovchi himoya vositalari ko’llanilmaydi. Shu sababli ular gaz va changdan xavfli bo’lmagan kon korxonalarida keng qo’llanadi. Bu uskunalarda shu korxonalar uchun kerakli-xavfsizlikni ta’minlovchi, kerakli ishonch ko’rsatgichiga ega bo’lgan turli ximoya vositalari qo’llanadi;
    - yuqori ishonchli kon elektr uskunalari. Bu uskunalarning normal elektr uchquni chiqaruvchi qismlari portlashdan saqlovchi himoya vositalariga ega;
    - portlashdan xavfsiz kon elektr uskunalari. Bu uskunalar, portlash natijasida hosil bo’lgan bosimga chidamli va portlash maxsulotlarini tashqi muhitga o’tkazmaydigan qobiqlarga ega, Shuning uchun bu uskunalar gaz va changdan xavfli korxonalarda ishlatiladi.
    Ayrim hollarda yuqorida keltirilgan himoyaviy turlaridan tashqari maxsus portlashdan himoya vositalari qo’llanadi. Bu vositalarga qobiq ichini har xil dielektriklar bilan to’ldirish, portlovchi moddalarning konsentratsiyasini kamaytirish, plastinkali ximoyalar misol bo’ladi.
    Kon elektr uskunalarida bir vaqtda bir necha portlashdan ximoya vositalari qo’llanishi mumkin. Shuni ham qayd qilish kerak-ki, hozirgi vaqtda, moy bilan to’ldirilgan kobiqlarni yer osti usulida ko’mir qazib olish korxonalarida qo’llash taqiqlangan.

    Download 173.84 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 173.84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kon mashinalari elektr jixozlari va elektr ta’minoti to’g’risida umumiy tushunchalar

    Download 173.84 Kb.