Bir cho’michli ekskavatorlarni elektr jixozlari




Download 173.84 Kb.
bet3/6
Sana21.04.2023
Hajmi173.84 Kb.
#53099
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
osnovnie-trebovaaniya-k-napisaniyu-referata 2 , Sarvinoz Ulug\'boyeva 22.14-guruh, Planar graflar. Pontryagin-Kuratovskiy teoremasi, planar-graflar-pontryaginkuratovskiy-teoremasi, Diskret tuzulmalar Topshiriq 1 sirtqi namuna, Қарши туманидаг-WPS Office, trafaret-zebra (1), 180, 3333333, Малумотнома Нозима, Lazerlar va ularning amaliyotdagi o\'rni, Девиз к 30летию, TAQVIM (3), Буйрукдан куч.азизхон
Bir cho’michli ekskavatorlarni elektr jixozlari.
Ochiq kon korxonalarida (kar’erlarda) foydali qazilmalarni ochish, qazib olish, tashish va kon ag’darmalarini (otval) hosil qilish uchun turli ekskvatorlar, Burg’ulash mashinalari, otval-transport mashinalari, konveyerlar va boshqa mashinalardan foydalaniladi.
Yuqorida keltirilgan mashina va mexanizmlarda - elektryuritgichlar, generatorlar, kuch transformatorlari, tarqatish punktlari, boshqarish, ximoyalash, xabarlash, aloqa qilish va yoritgichlar kabi elektr uskunalarni uchratish mumkin.
Kar’er mashina va mexanizmlarida bir vaqtda, bir mashinada ham o’zgaruvchan, ham o’zgarmas tok uskunalari, xar xil rejimda ishlaydigan elektryuritmalar uchraydi. Bu elektr yuritmalarning turlari, ishlash prinsipi, texnik ko’rsatkichlari, ishlatish chegaralari oldingi kurslarda ko’rib chiqilgan, quyida esa, ochiq kon korxonalarining mashina va mexanizmlarida, ishlatiladigan elektr uskunalar to’g’risida ma’lumotlar beriladi.
Respublikamizning ochiq kon korxonalarida foydali qazilmalarni ochish, qazib chiqarish, otval hosil qilish jarayonlarida turli ekskavatorlar ko’llaniladi. Kar’erlardagi ekskavatorlarning asosiy turlarini xajmi 0,25 dan 20 m3 gacha bo’lgan bir cho’michli (EKG), cho’michlarining xajmi 10 dan 100 m3 gacha bo’lgan rotorli ekskavatorlar (YER), cho’michini xajmi 4 dan 125 m3 gacha bo’lgan odimlovchi ekskavatorlar (ESH)- tashkil qiladi.
Bir cho’michli ekskavatorlarning elektr uskunalari bir-biridan sezilarli farq qiladi. 0,25 – 2 m3 xajmli cho’michga ega bo’lgan ekskavatorlarda bir yuritgichli qisqa tutashuv rotorli asinxron yuritmalar qo’llansa, 2 m3 dan katta xajmli ekskavatorlarda esa, xar xil kuchlanishli o’zgaruvchan va o’zgarmas tok elektr mashinalari, kuch transformatorlari turli o’zgartiruvchi agregatlar, ximoyalash, boshqarish, xabarlash va yoritgich qurilmalari o’rnatilgan. 1. rasmda EKG-5A ekskavatorning bir chiziqli elektr sxemasi keltirilgan. Yuqori kuchlanishli (6kV) o’zgaruvchan tok, kontakt xalqasi ko’rinishidagi tok qabul uskunasi DT, ajratgich QS va moyli uzgich QF orqali tarmoq yuritgich SD ga uzatiladi. Ekskavatorda ichki zanjirlarni ta’minlovchi transformator T1, yoritgich transformator T2, yordamchi mashinalar (ventilyator, kompressor, nasos) yuritgichlari M1-M6, o’zgarmas tok yuritgichlari M7-M11, generatorlar M12-M14 va boshqarish zanjirlarini ta’minlovchi transformator TZ va magnitli kuchaytirgich MK lar o’rnatilgan.
Ekskavatorning quvvatiga qarab, tarmoq yuritgichning quvvati 250 dan 2500 kVt gacha bo’lishi mumkin. Bu yuritgich o’zgarmas tok yuritgichlarni ta’minlash uchun generatolarni aylantiradi.
Ekskavatorlarning asosiy elektr uskunasi elektryuritmalar bo’lgani uchun, ularga umumiy talablardan (quvvatiga, kommutatsiya va zo’riqib ishlash xususiyatiga) tashqari quyidagi qo’shimcha talablar qo’yiladi:
- yuritmalarning mexanik tavsiflarini ko’rinishi, iloji boricha ekskavator tavsifiga yaqinlashishi;
- katta boshlang’ich momentlarga ega bo’lishi;
- o’zgaruvchan dinamik rejimlarda, yuritgichning statik va dinamik tavsiflarini bir-biriga yaqin bo’lishi;
- asosiy yuritmalarning soddaligi, ishonchli va yengil boshqarilish xususiyatiga ega bo’lishi;
- elektr tormozlashni qo’llash,
- yuritgichlarning tezligini keng doirada o’zgartirish va boshqarish;
- barcha tezliklarda energiyani isrofini kamaytirish;
- boshqarish jixozlari ishonchliligini ta’minlash;
- asosiy yuritmalarni avtomatik boshqarish va tartibga solish va x.k.
Kon korxonalarida ishlatiladigan ekskavatorlarda quyidagi elektryuritma tizimlari keng o’rin olgan: asinxron, uch cho’lg’amli generator - yuritgich (G-Yu), boshqariluvchi tiristorli to’g’irlagich (BT-Yu).
ESH-15/90/6, eng ko’p tarqalgan odimlovchi ekskavator (draglayn)lar qatoriga kiradi. Bu mashinada, uch cho’lg’amli generator-yuritgich tizimi qo’llanilgan. Boshqarish esa, yordamchi va asosiy magnitli kuchaytirgichlar yordamida bajariladi.
Ko’pincha bir cho’michli ekskavatorlarda tarmoq yuritgichi sifatida sinxron yuritgich ko’llaniladi. Bu yuritgichning ishga tushirish, asinxron ishga tushirish usuli, ya‘ni stator cho’lg’ami tarmoqqa to’g’ridan - to’g’ri ulash bilan bajariladi.

  1. rasm. EKG-8 ekskavatorining tarmoq yuritgichini ishga tushirish sxemasi





Download 173.84 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 173.84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bir cho’michli ekskavatorlarni elektr jixozlari

Download 173.84 Kb.