Konchilik elektr mexanikasi




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/42
Sana12.02.2024
Hajmi0,84 Mb.
#155072
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42
Bog'liq
Eldor-diplom

 
 
transformatorlarga xizmat ko’rsatish elektr stansiya va elektr tarmoqlari 
korxonalari tomonidan o’tkaziladi. 
Barcha kuchaytiruvchi va bir qator pasaytiruvchi nimstansiyalarda doimo 
personal navbatchilik qiladi. Shaxar tarmoqlarining va kuchlanishi 110 kV 
bo’lgan pasaytiruvchi nimstansiyalar, hamda 35kV transformator punktlari 
doimiy personalsiz ishlaydilar va transformatorlarga hizmat ko’rsatish 
ta’mirlash va rele himoyasi va sinov o’tkazuvchi operativ personal orasida 
taqsimlanadi. 
Ta’mirlash 
xodimlari 
(asosan 
uskunalarni 
ta’mirlaydigan 
elektr 
chilangarlar) injener-texnik xodimlar (masterlar, nimstansiya guruxlari 
boshliqlari, injener xizmatchilar) raxbarligida transformatorlarda kapital va 
joriy ta’mirlash hamda bir qator ishlatish vazifalarini (moy namunasini olish, 
izolyatorlarni artish, sovitish qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatish) va 
sinovning ba’zi turlarini (transformator chulg’amlari izolyasiyalarini, elektr 
motor sovitish tizimi va yong’inni o’chirish manba zanjirini tekshirish, 
kontakt tizimi qarshiliklarini o’lchash ) o’tkazadilar. 
Operativ xodimlar transformatorlarga operativ xizmat ko’rsatishda 
qatnashadi, ular aniqlagan nuqsonlar ishlatish va ta’mirlash ishlarini 
rejalashtirishda 
e’tiborga 
olinadi. 
Aniqlangan 
nuqsonlar 
xaqidagi 
ma’lumotlarni operativ xodimlar maxsus jurnalga yozib qo’yadilar. Bo’linma 
boshlig’i jurnalda mo’ljallangan tadbirlar va aniqlangan nuqsonlarni bartaraf 
etish muddatini ko’rsatadi. Bundan tashqari, operativ xodimlar ta’mirdan 
chiqqan uskunalarni qabul qilishda ham ishtirok etadi. 
Rele himoyasi va avtomatika qurilmalariga operativ va ta’mirlash 
xodimlariga aloqador maxsus xodimlar xizmat ko’rsatadi. 
Sinovchilar transformator izolyasiyasi va kontakt tizimlarini profilaktik 
tekshiradi, o’chirgich, ajratkich, razryadnik, sovitish tizimlari va kuchlanishni 
rostlash v. b. ishlarni amalga oshiradi. Bu xodimlar transformatorlarni 
kuchlanishi oshib ketishidan saqlaydigan tadbirlar ishlab chiqadi. Shuni 
ta’kidlash kerakki, ba’zi sinov turlari ta’mirlash xodimlari tomonidan 
o’tkazilishi mumkin. 


O

zg. varaa

Hujjat №. 
Imzo 
Sana 
varoq 
23 
5312200-Konchilik elektr mexanikasi
BMI-2023

Download 0,84 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish