Konchilik elektr mexanikasi




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/42
Sana12.02.2024
Hajmi0,84 Mb.
#155072
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
Bog'liq
Eldor-diplom

 
 
Shuningdek, korxonalarimizni ohak xom-ashyosi bilan ta’minlab 
kelayotgan Ohak zavodi, konchilar ishini yengillashtirayotgan Portlatish 
materiallari zavodi, shuningdek, Issiqlik elektr markazi, Sanoat suv ta’minoti 
sexi, Elektr tarmoqlari boshqarmasi, Loyiha ishlari boshqarmasi, Kapital 
qurilish boshqarmasi, kombinat va shaharda olib borilayotgan bunyodkorlik 
ishlarining boshida turgan “Olmaliq metallurgqurilish” tresti, Ixtisoslashgan 
ta’mir ishlari boshqarmasi va boshqalardir. 
Kombinatda ishlab chiqarilayotgan oltin va kumush London qimmatbaho 
metallar birjasining sifat belgisiga, ya’ni “Yaxshi yetkazib beruvchi” 
maqomiga ega. Mis ishlab chiqarish jarayonida sifat tizimi menejmenti joriy 
etilib, unga Xalqaro muvofiqlik sertifikati olingan. Ushbu muvofiqlik sertifikati 
kombinatning Jizzaxdagi sement ishlab chiqarish jarayoniga ham berilgan. 
Metallurglar, konchilar va qimmatbaho metall qazib olish sohasining yetuk 
olimlari ishtirokida ekspertlar guruhi tashkil etilgan bo’lib, ular tomonidan 
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini uzoq muddatda modernizatsiya qilish 
bo’yicha dastur ishlab chiqildi. Dasturda qimmatbaho metallarni ishlab 
chiqarish va qayta ishlashga ilg’or xorijiy tajribani joriy qilish ko’zda tutilgan. 
Bugungi hisob-kitoblarga koʻra, ushbu dasturni tatbiq etish uchun 502 
million dollardan ortiq mablagʻ yoʻnaltiriladi. Bu esa yiliga mis ishlab 
chiqarish hajmini 109 ming tonnadan 148 ming tonnagacha, rux metallini 
ishlab chiqarishni 78 ming tonnadan 120 ming tonnagacha, oltingugurt kislotasi 
ishlab chiqarishni qariyb ikki barobar - 845 ming tonnadan 1,6 million 
tonnagacha oshirish imkonini beradi. 
Qimmatbaho va nodir metallarni qazib olish hamda qayta ishlash avvalgi 
yillarga nisbatan 1,3 martaga ortadi. 
Mahsulotlarni sotishdan olinadigan daromad 1,5 barobarga ortib, 12 trillion 
soʻmga yetadi. Davlat byudjetiga tushumlar hajmi ham 1,4 barobarga ortib, 5 
trillion soʻmdan ortadi. Kombinatning sof foydasi ham 1,4 barobarga ortib, 1,6 
trillion soʻmni tashkil qiladi. 
Shuningdek, bugungi kunda yillik quvvati 160 million tonna rudani qayta 
ishlashga moʻljallangan “Yoshlik I” konini oʻzlashtirish investitsiya loyihasi 
shiddat bilan amalga oshirilmoqda. 
Endilikda “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati istiqbolda ijtimoiy sohadagi 
chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlash, oddiy ishchidan tortib to 
markaziy apparat xodimlarigacha boʻlgan mehnat jamoasi bilan uzviy tarzda 
ishlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, ishlab chiqarish salohiyatini va 
eksportni yanada oshirish, mehnatkashlarni har tomonlama ijtimoiy qoʻllab-
quvvatlashdek vazifalarni oʻz oldiga qoʻygan. 


O

zg. varaa

Hujjat №. 
Imzo 
Sana 
varoq 
17 
5312200-Konchilik elektr mexanikasi
BMI-2023

Download 0,84 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish