Konchilik elektr mexanikasi




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/42
Sana12.02.2024
Hajmi0,84 Mb.
#155072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Bog'liq
Eldor-diplom

 
 
Boz ustiga, prognozlarga ko’ra, 2020 yilga kelib mamlakatimizda elektr 
energiyasiga bo’lgan talab 2018 yilga qaraganda 1,7 foiz, jumladan, aholi 
ehtiyoji 1,5 barobar o’sadi. 
Xo’sh, elektr quvvatiga nisbatan oshib borayotgan ehtiyojni to’laqonli 
qondirish, sanoat foydalanuvchilari uchun elektr yetkazib berishni sifatli 
ta’minlash, rejadan tashqari o’chirishlar (qurilmalarning favqulodda ishdan 
chiqib qolish holatlari)ning oldini olish uchun nimalar qilinmoqda yoki 
qilinadi? Mazkur o’ta dolzarb masala yechimiga mas’ul “O’zbekenergo” 
AJdan ma’lum qilinishicha, bu borada hozirda barcha chora-tadbirlar 
ko’rilmoqda va ular istiqbolda ham davom ettiriladi. 
Ushbu masalaga nima uchun kompleks yondashish zarurati tug’ildi? 
To’g’risini aytish kerak, bunday zarurat vujudga kelganiga ancha vaqt bo’ldi. 
Nega? 
Keling, mavzuga raqamlar va faktlar, og’riqli manzaralar orqali chuqurroq 
kirib boramiz. Respublikamizdagi elektr energiyasining 90 foizi issiqlik 
elektrostansiyalarida (TES) ishlab chiqariladi. Biroq amaldagi TESlarning 
asosiy qismi, ya’ni 84 foizi bundan 50 yil oldin foydalanishga topshirilgan. 
Almisoqdan qolgan bunday qurilmalar, tabiiyki, zamon talablariga mutlaqo 
javob bermaydi. Boisi ularning nihoyatda eskirib ketgani elektr energiyasi 
ishlab chiqarish hajmini kamaytirib yuborib, taqchillikni keltirib chiqarmoqda, 
qolaversa, foydalanilayotgan yoqilg’ining katta miqdorda sarflanishiga sabab 
bo’layotir. Oqibatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi tannarxi ham 
oshib ketayapti. Bulardan oddiy iste’molchining deyarli xabari yo’q. Ular 
uchun uyda chiroq yonib turishi muhim, u qanday yaratilayotgani, nima 
hisobiga yetkazib berilayotgani esa ko’pchilikni qiziqtirmaydi ham. Lekin soliq 
to’lovchi yuqoridagi va quyidagi ma’lumotlarni o’qib, o’zi uchun oqilona 
xulosa chiqarib olsa, foydadan xoli bo’lmaydi. 
Hozirgi kunda yurtimizda energiya tizimlari elektr tarmoqlari uzunligi 
254,8 ming kilometrga teng. Shundan 218,4 ming kilometri 0,4-10 kV.li 
kuchlanishga ega past voltli taqsimlash tarmoqlaridir. Ulardan 62,4 foizining 
ishlatilish muddati 30 yildan oshib ketgan. Taqsimlash tarmoqlarining juda 
eskirib ketgani esa elektr energiyasining sezilarli darajada yo’qotilishiga olib 
kelmoqda. Ya’ni ayni paytda issiqlik elektrostansiyalaridan elektr energiyasi 
tarmoqlariga chiqarilayotgan umumiy elektr quvvatining 20 foizi 
yo’qotilayapti. Bir ko’z o’ngingizga keltiring: biz uchun ishlab chiqarilayotgan 
yorug’lik va issiqlik manbaining beshdan bir qismi havoga uchib ketmoqda, 
uvol bo’layapti. 


O

zg. varaa

Hujjat №. 
Imzo 
Sana 
varoq 
11 
5312200-Konchilik elektr mexanikasi
BMI-2023

Download 0,84 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish