Konchilik elektr mexanikasi




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/42
Sana12.02.2024
Hajmi0,84 Mb.
#155072
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
Bog'liq
Eldor-diplom

 
 
Shunday ekan, respublikamizda energetikaning pishiq-puxta rivojlanishi, 
iste’molchilarga elektr energiyasini barqaror yetkazib berish, ekologik 
xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalari 
(quyosh, shamol qurilmalari)ni hayotga tatbiq etishga ham alohida ahamiyat 
berilmoqda. Zero, bunday ne’matlarni o’zlashtirish tabiiy resurslarni kelajak 
avlod uchun asrab-avaylash, atmosferaga yoqilg’i yonishidan hosil bo’lgan 
zararli moddalar chiqarishni kamaytirishning muhim omili hisoblanadi. 
Yashil energetikani rivojlantirish uchun esa katta miqdorda moliyaviy 
sarmoya talab etiladi. Bu boradagi loyihalarni ro’yobga chiqarish uchun 
salohiyatli investorlarni jalb etish elektr energiyasiga iqtisodiy jihatdan 
jozibador tariflarni joriy etish evazigagina mumkin bo’ladi. Biroq 
mamlakatimizda bu ko’rsatkich rostdan ham jozibadormi, sarmoyadorlar 
uchun maqbulmi? 
Ekspertlarning aytishicha, unday emas, ya’ni O’zbekistonda elektr 
energiyasi uchun o’rnatilgan tariflar yaqin va uzoq xorijdagi davlatlarga 
nisbatan ancha pastdir. Masalan, 1 kVt/soat elektr energiyasi narxi
Qozog’istonda 5,1 sent, Rossiyada 5,8 sent, Hindistonda 5 sent, Xitoyda 5,6 
sent, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 9-14 yevrosent bo’lgani holda 
yurtimizda 2,8 sentdir. 
Past tariflar qatori elektr energiyasidan nooqilona, ko’r-ko’rona 
foydalanganlik uchun iqtisodiy sanksiyalarni qo’llash amaliyoti qonunchilikda 
belgilab qo’yilmagani bebaho ne’matning iste’molchilar tomonidan huda-
behuda, samarasiz ishlatilishiga olib kelayapti. Kunduzi chiroq yoqib qo’yish, 
televizorning ko’rilsa-ko’rilmasa muntazam yoniq turishi va hokazo... 
Aholining bu boradagi dunyoqarashini qanday qilib o’zgartirish mumkin? 
Nima qilinsa, iste’molchilar elektr energiyasidan tejamkorlik bilan, iqtisod 
qilgan holda va oqilona foydalanadi? Buning yo’li bormi? Qalovini topsang qor 
ham yonadi. Qars esa ikki qo’ldan chiqadi. Davlat va keng jamoatchilik 
birgalikda tariflarni belgilash tizimini qayta ko’rib chiqishi, elektr 
energiyasidan foydalanishning ijtimoiy normalarisining qat’iy miqdorini xorij 
tajribasini inobatga olgan holda o’rnatishi bu masalaga yagona ratsional 
yechimdir. 
2018 yil boshida. O’zbekistonda yiliga 60 mlrd. KVt / s elektr energiyasi 
ishlab chiqariladi, shundan 10% gidroelektrostantsiyalar va 90% issiqlik elektr 
stantsiyalari tomonidan ishlab chiqariladi. 
Mamlakatda elektr iste’moli har yili ortib bormoqda. Agar 2000 yilda bir 
oilaning oylik iste’moli 114 kVt / soatni tashkil qilsa, 2016 yilga kelib u 35% 
ga oshdi va 160 kVt / soatga yetdi. 


O

zg. varaa

Hujjat №. 
Imzo 
Sana 
varoq 
13 
5312200-Konchilik elektr mexanikasi
BMI-2023

Download 0,84 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish