Konchilik elektr mexanikasi




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/42
Sana12.02.2024
Hajmi0,84 Mb.
#155072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Eldor-diplom

 
 
molibden rudalarini qazib chiqarish bo’yicha chet-el korxonalaridan ancha 
ustun turadi. Bu konning rudasini Olmaliq kon-metalurgiya kombinati qayta 
ishlaydi. Kombinat O’zbеkistonning eng yirik korxonalarida biridir. 
2017-yil 7-fеvralda O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining O’zbеkiston 
Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar stratеgiyasi 
to’g’risidagi pf-4947-sonli farmoni e’lon qilindi.
2017-yil 11-avgust kuni O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti “Olmaliq 
kon-metalurgiya kombinati rivojlanishining ikkinchi bosqichi” loyihasini 
boshlashga bag’ishlangan marosimda ishtirok etib O’zbеkiston istiqboli uchun 
ahamiyatli yangi “Yoshlik” konini ochib berdi. 
Mart oyida davlatimiz rahbari kombinatni 2030-yilgacha bo’lgan davrda 
rivojlantirish dasturini tasdiqlagan edi. Dastur doirasida mis ishlab chiqarishni 
1.4 barobar qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni 33 foizga oshirish 
belgilangan edi. Yangi “Yoshlik” koni mis, oltin, kumush, telur, selen va 
oltingugurd zaxiralariga juda boy bo’lib loyiha 2028-yilda to’liq quvvat bilan 
ishga tushadi. Natijada 10 mingdan ortiq kishining bandligi ta’minlanadi. 
Mazkur kon qidirib topilgan zaxiralari, qazib olishning tannarxi, foydali 
qazilmalarning ajiratib olinishi jihatidan MDH mamlakatlari orasida tеng 
kеladigani yo’qdir. 
So’nggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush 
tarzini yaxshilashga qaratilgan tub o’zgarishlar amalga oshirilyapti. 
Respublikaning turli hududlarida erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, 
klasterlar tashkil etilyapti. “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Xavfsiz shahar” 
kabi strategik dasturlar asosida shaharu qishloqlarda ulkan bunyodkorliklar 
qilinmoqdaki, ularning qiyofasi mutlaqo yangilanmoqda. Shunga yarasha 
turizm ham taraqqiy topmoqda. O’z navbatida, atrof-muhitni muhofaza qilish, 
ekologik barqarorlikni ta’minlash masalasiga har qachongidan ham ko’ra 
ko’proq e’tibor qaratilayotir. Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida 
kuzatilayotgan bu kabi shiddatli rivojlanish sur’atlari, eng avvalo, elektr 
energiyasiga bo’lgan ehtiyojning ham o’sishiga olib kelmoqda. 
Masalan, 2000 yilda bir nafar maishiy foydalanuvchi bir oyda 114 kVt/soat 
elektr energiyasi ishlatgan bo’lsa, 2018 yilga kelib bu ko’rsatkich 57 foiz 
ko’payib, 200 kVt/soatga yetdi. Ayni chog’da joriy yilda respublika bo’yicha 
elektr energiyasidan umumfoydalanishda aholi ulushi 26,5 foizga yetdi. 
Vaholonki, 1990 yilda bu miqdor 13,9 foiz edi. O’rtadagi farqlarga e’tibor 
berayapsizmi!? 


O

zg. varaa

Hujjat №. 
Imzo 
Sana 
varoq 
10 
5312200-Konchilik elektr mexanikasi
BMI-2023

Download 0,84 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish