Konchilik elektr mexanikasi




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/42
Sana12.02.2024
Hajmi0,84 Mb.
#155072
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Bog'liq
Eldor-diplom

 
 
Aynan mana shunday kamchiliklarni bartaraf etish, nuqsonlarni yo’qotish 
va isrofga yo’l qo’ymaslik uchun nima qilish kerak? Birinchi navbatda, 
iste’molchilarning elektr ta’minoti ishonchliligi va sifatini ta’minlab qo’yish 
darkor. Albatta, bunda kelajakda elektr quvvatiga bo’lgan talabning oshib 
borishi ham inobatga olinish shart. Xo’sh, mutasaddilarning rejalari qanday? 
Ularning bildirishlaricha, shunday: 
- issiqlik elektr stansiyalari energiya qurilmalarini modernizatsiya qilish 
(40 foiz), elektr energiyasini yetkazib berish va taqsimlashga mo’ljallangan 
elekt tizimlari (57 foiz), transformator punktlari (52 foiz) va nimstansiyalar (21 
foiz)ni yangilash; 
- yangi generator quvvatlarini ishga tushirish (bu elektr energiyasi ishlab 
chiqarishni 20-40 foiz oshiradi); 
- amaldagi energiya qurilmalarini ishga layoqatli holatda saqlab turish 
uchun vaqti-vaqti bilan rejali ta’mirlash... 
Mazkur xayrli va muhim ishlar o’z-o’zidan, osonlikcha bajarilib qolmasligi 
aniq. Ya’ni buning uchun katta pul, qat’iy iroda, tinimsiz mehnat va xalqning 
qo’llab-quvvatlashi kerak bo’ladi. Shuning uchun ham hukumatning tegishli 
qarorida respublika energiya tizimlarini zamonaviylashtirish, ko’p xarajat 
qurilmalar o’rniga yangi, tejamkorlarini o’rnatish uchun “O’zbekenergo” 
AJning o’z mablag’laridan tashqari xalqaro moliya institutlari hamda 
O’zbekiston taraqqiyot va tiklanish jamg’armasining zayomlari ham 
yo’naltirilishi belgilab qo’yildi. 
Yana bir hal etilishi suv va havodek zarur masala. Elektr energiyasi ishlab 
chiqarishga ketadigan xarajatlarning asosiy qismini yoqilg’i-energetika 
resurslari (tabiiy gaz, yonishdan hosil bo’lgan mazut, ko’mir) qiymati tashkil 
etmoqda. Mazkur ko’rsatkich hozirda 43 foizga teng va ularning narxi dunyo 
bozorida qimmatlashib borayotgani inobatga olinsa elektr energiyasi uchun 
amaldagi tariflarni saqlab qolish naqadar to’g’ri?! Chunki resurslar narxiga 
foydalanish xarajatlari va to’lovlar bo’yicha qarzdorliklarni qo’shib 
hisoblaganda, muammoning og’riqli manzarasi hosil bo’ladi. Bunday 
muammolar elektr ta’minoti ishonchliligi va sifatiga salbiy ta’sir o’tkazishi 
mumkin. 
Gap shundaki, “O’zbekenergo” AJga o’z mablag’lari hisobidan ma’nan 
eskirgan qurilmalarni modernizatsiya qilish uchun investitsiya loyihalarini 
amalga oshirish, shuningdek, qarz mablag’larini yopish uchun 1398,2 mlrd. 
so’m kerak. Buning natijasida esa 2018 yil yakuniga kelib “O’zbekenergo” 
AJda moliyaviy resurslar defitsiti 864 mlrd. so’mni tashkil etadi. 


O

zg. varaa

Hujjat №. 
Imzo 
Sana 
varoq 
12 
5312200-Konchilik elektr mexanikasi
BMI-2023

Download 0,84 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish