Konchilik elektr mexanikasi




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/42
Sana12.02.2024
Hajmi0,84 Mb.
#155072
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
Bog'liq
Eldor-diplom

 
 
Yuklanish rejimlari 
Transformatorlarning nominal va joiz rejimlari, hamda joiz sistematik 
ravishda o’ta yuklanish va avariviy o’ta yuklanish rejimlari mavjud. 
Muntazam o’ta yuklanish rejimi bo’lishi ehtimoli mavjudligi sababli, 
transformatorlarning yuklanish qobiliyati tushunchasi kiritiladi. 
Transformatorning nominal yuklanish rejimi deb shunday nominal tokli 
yuklanganlik rejimga aytiladiki, unda kuchlanish va chastota nominal 
qiymatlarda, sovitish muhiti parametrlari va o’rnatish joyi sharoitlari 
(joylashtirish kategorisi, dengiz sathidan balandligi) standart va texnik 
sharoitlarda belgilangan nominal kattaliklarda bo’ladi. Bu rejimga 
transformatorlarning hisobiy xizmat muddati (25 yildan kam emas) to’g’ri 
keladi. Nominal kattaliklar transformatorga mahkamlangan pasport 
taxtachada, bakda yoki transformator qoplamasida ko’rsatilgan bo’ladi. 
Transformator yuklanishining joiz rejimi deganda, nominal rejimdan farqli 
bo’lib, transformator chulg’amining qizishi sababli uning izolyasiyasidagi 
hisobiy eskirish, nominal rejimdagi eskirishdan farq qilmaydigan 
sharoitlardagi transformatorning davomli yuklanish rejimiga aytiladi. 
Boshqacha qilib ayitganda, bu yuklanish rejimida transformatorning xizmat 
muddati hisobiyga mos keladi. 
Ishlatish jarayonida nominal rejimga nisbatan u yoki bu og’ishlarning joiz 
ekanligi haqida savol bo’lishi aniq. Bu og’ishlar davlar standartlari, texnik 
shartlar va yo’riqnomalarda qayd etiladi. Masalan, barcha kuchli 
transformatorlar davlat standarti GOST 11677-85(Kuch transformatoriga 
umumiy texnik talablar) ga muvofiq, biror fazada ham kuchlanish nominal 
miqdoridan farq qilmasa, uzoq muddat yuklanganlik nominaldan 1,05 marta 
katta bo’lishi joiz bo’ladi. kV kV·A 
Bundan tashqari, kuchlanishi 35 kVgacha bo’lgan transforma-torlar 
(quvvati 630 kV·A dan yuqori) va kuchlanishi 110÷1150 kV bo’lgan barcha 
transformatorlar nominaldan yuqori bo’lmagan toklar bilan, ixtiyoriy 
chulg’amning ixtiyoriy ulamasidagi kuchlanishi nominalga nisbatan 110% 
dan oshmaganda davomli ishlash joiz bo’ladi. Bunda har qanday 
chulg’amning kuchlanishi, U
kl
 kuchlanish klassiga bog’liq bo’lgan eng katta 
ishchi kuchlanishi U
m
 dan oshmasligi shart. 


O

zg. varaa

Hujjat №. 
Imzo 
Sana 
varoq 
24 
5312200-Konchilik elektr mexanikasi
BMI-2023

Download 0,84 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish