Konchilik elektr mexanikasi




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/42
Sana12.02.2024
Hajmi0,84 Mb.
#155072
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42
Bog'liq
Eldor-diplom

 
 
transformator ishchi rejimlari yuklanishlari mavsumiy o’zgarishlarini 
aniqlashtirish, uchun soatbay yozuvlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, 
yuklanish ortishi uzluksiz avtomatik ravishda nazorat qilinadi. 
Transformator holatini vizual ko’zdan kechirish. Transformatorlarning 
nosozligi rivojlanishi o’z vaqtida aniqlanmasa, u holda avariya holatiga olib 
kelishi muqarrar. Uning oldini olish maqsadida, barcha transformatorlarning 
vaqti-vaqti bilan tashqi ko’rigi (tarmoqdan uzmagan holatda) o’tqizishadi. 
Doimiy operativ navbatchi personali bo’lganda elektr stansi yalar va 
nimstansiyalarning asosiy transformatorlari, hamda nimstansiyalardagi 
o’zlarining xos energiya zaruratlari uchun ishlatiladigan transformatorlari va 
ishlab chiqarish korxonasi ifloslangan xududlaridagi transformatorlarning 
rejali ko’rigi, har kuni bir martadan va doyimiy navbatchi xodim bo’lmaganda 
- bir oyda bir marta rejali ko’rigi o’tkaziladi. Boshqa transformatorlar, 
doyimiy navbatchi xodimi bo’lsa bir xaftada bir martadan, doyimiy navbatchi 
xodimi bo’lmasa – bir oyda bir marta, transformator punktlarida - olti oyda 
bir marta ko’rigi o’tqiziladi. 
Rejali vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan ko’rikda quyidagilar tekshiriladi: 
transformator tashqi izolyasiyasi holati – kirish ulamalari, ularga o’rnatilgan 
razryadniklar va tayanch izolyatorlari (farforlarning butunligi, yoriqlarning 
mavjudligi, yuzalarni ifloslanish darajasi) tekshiriladi. Bundan tashqari, 
saqlovchi trubasi membranasi butunligi, flanets ulanishlarni zichligi va moy 
oqishi yo’qligi tekshiriladi. Ko’rik davrida ko’zga tashlanadigan kontakt 
ulanishlar holati nazorat qilinadi. 
Transformator baki va kengaytirgichdagi moy satxining moy ko’rsatkich 
va moy o’lchagich shishalari orqali aniqlanadi, hamda moyning rangiga (moy 
rangining to’qligi, yuqori qizish natijasida termik parchalanishidan darak 
beradi) e’tibor qaratiladi. Kuzatish oynalari orqali transformator baki va 
kirishidagi havo sovitkichning indikatorli silikageli kuzatiladi. Silikagelni 
havo rangidan pushti rangga o’zgarishi sorbentni nam tortganidan darak 
beradi va havo sovitkichning zaryadini oshirish kerakligini ko’rsatadi. 
Transformator holatini undan chiqayotgan shovqin (ventilyatorlarni 
to’xtatib eshitish kerak) harakterlab beradi. Bak razryadi bilan bog’liq (aktiv 
qismni zaminlantirishning uzilishi) chirsillash yoki tiqillashlar, shu bilan 
birga, shovqin darajasi va tovushini davriy o’zgarishi nosozliklardan darak 
beradi. 


O

zg. varaa

Hujjat №. 
Imzo 
Sana 
varoq 
27 
5312200-Konchilik elektr mexanikasi
BMI-2023

Download 0,84 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish