Konchilik elektr mexanikasi




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/42
Sana12.02.2024
Hajmi0,84 Mb.
#155072
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42
Bog'liq
Eldor-diplom

 
 
Transformatorni kunning yorug’ paytida yoki yoritkichlar ulangan vaqtda 
ko’rikdan o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi. Qorong’ulikda nur sochish 
manbai bo’ladigan defektlarni ko’rsatish mumkin: kontakt ulanishlarning 
qizishi, tashqi izolyasiya yuzasidagi razryadlar turlari v.b. 
Tashqarida o’rnatilgan transformatorlarni ekstremal sharoitlarda navbatsiz 
ko’rikdan o’tkazish zarur: muhit havo haroratining birdaniga tushib ketishi, 
bo’ron, kuchli qor yog’ishida, er muzlaganda. Bunda moy satxi, kirish 
izolyatorlari holati va sovitish tizimi tekshiriladi. 
Navbatdan tashqari ko’rikdan o’tkazish chulg’amlarda qisqa tutashuv (q.t.) 
sodir bo’lgandan so’ng, hamda gaz relesi signali berilishi bilan ham 
o’tkiziladi. Birinchi holatda q.t. toki o’tgan o’tkazgich zanjirlari holati, 
dinamik yuklanish ta’sirini o’tkazgan izolyatorlar, ikkinchisida - gaz relesi va 
uning zanjiri tekshiriladi. Zaruriat bo’lganda, holati shubhali bo’lgan element 
puxta o’rganilishi kerak bo’lganda yoki tekshirilayotgan ob’ektning 
kuchlanishini uzmasdan ko’rik o’tkazib bo’lmaydigan transformatorlarni
o’chirib, navbatdan tashqari ko’rik o’tkaziladi. 
Rele himoyasi, signal berish va avtomatika qurilmasi. Rele himoyasi 
qurilmalari bilan ta’minlangan transformatorlar ikki guruh xodisa: 
transformator shikastlanganida va avariya ishchi rejimi sodir bo’lganda signal 
berishi zarur. 
Rele 
himoyasi 
qurilmalari 
ishlab 
ketishiga 
sabab 
bo’ladigan 
shikastlanishlarga quyidagilar kiradi: chulg’amlar va chiqish ulamalaridagi 
fazalar aro va bir fazali qisqa tutashuv; chulg’am o’ramlaridagi qisqa 
tutashuv; kirish izolyatorlarida qisman teshilish; transformator bakida va 
rostlash qurilmasida gaz ajralib chiqish va bosimning ortishi. 
Rele himoyasi transformatorning quyidagi avariya rejirlarida ishlab ketadi 
va uni himoya qiladi: - tashqi qisqa tutashuv natijasida hosil bo’ladigan o’ta 
katta toklarda; - o’ta yuklanishlarda; 
- moyning sathining pasayib ketishida. Rele himoyasi qurilmasi maxsus 
panellarda o’rnatilib, boshqarish shchiti xonasiga joylashtiriladi. 
Transformatorlarni shikastlardan himoya qilish uchun ularning quvvatlari 
va qurilma xarakteriga ko’ra quyidagi himoya turlari qo’llaniladi: - 
differensial himoya - kuchli transformatorlarning ichki shikastlanishlaridan 


O

zg. varaa

Hujjat №. 
Imzo 
Sana 
varoq 
28 
5312200-Konchilik elektr mexanikasi
BMI-2023

Download 0,84 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish