Konchilik elektr mexanikasi




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/42
Sana12.02.2024
Hajmi0,84 Mb.
#155072
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
Bog'liq
Eldor-diplom

 
 
Ekologik qismi 
Tabiatning ekologik holatining buzilishi - tuproq, havo va suvning tiriklik 
uchun zararli moldalar bilan ifloslanishi, zaxarlanishi, o’simlik va 
hayvonlarning foydali turlarining kamayib ketishi, tabiiy landshaftlarning tez 
o’zgarishi, yangi qishloq va shaharlarning paydo bo’lishi, aholi sonining 
ko’payishi, energiya, suv va oziq-ovqatga bo’lgan talabning o’sishi natijasida 
rivojlanish markazlarining tabiat ichkarisiga – o’zlashtirilmagan joylariga kirib 
borishi insonning yashash muhitining tubdan o’zgarishiga sabab bo’lmoqda. 
Shu sababli atrof muhitni muhofaza qilish bu bir kichik mintaqaning emas, 
balki bir katta qit’aning, undagi xalqlarning, davlatlarning xalqaro 
muammosiga aylanib qolmoqda. Masalan, Orol, Orol atrofidagi ekologik fojia 
butun Turkistonninggina emas, balki Eron-Turon tuprog’ida joylashgan 
davlatlarning hamjixatligida hal bo’ladigan muhim muammo bo’lib qoldi. 
Dunyoning turli joylarida yuzaga kelgan ekologik ofatlar Chernobil AESining 
portlashi, Ufa shaxridagi kimyo zavodining yonishi, Orolning qurishi, Sirdaryo 
etak qismining loyqa bosishi, dengiz va okeanlarda neft tashuvchi kemalarning 
yonib g’arq bo’lishi va neftning suvga tushishi, Semipalatinskda o’tkazilgan 
yer usti va yer osti yadro portlatishlarining zararli ta’siri yil sayin ko’payib 
bormoqda. Insonlar tabiatga tuzatib bo’lmaydigan zarar yetkazmoqdalar, 
tabarruk tuproq, zilol suvlar va musaffo havo zaxarlanmoqda, ifloslanmoqda, 
o’simlik turlari va hayvonlar zotining kamayishiga sabab bo’lmoqda, turli 
kasalliklar kelib chiqmoqda. Agar biz tabiat qo’ynida tinch va sog’ yashashni 
hoxlasak, tabiat qonunlarini o’rganishimiz, o’zlashtirishimiz va ular asosida o’z 
hayot faoliyatimizni, ish rejalarimizni, dasturlarimizni tuzishimiz kerak 
bo’ladi. Aks holda, bizning barcha harakatlarimiz behuda ketadi. Tabiatning 
ekologik qonunlarini, orgamizmlarning bir-birlari va ularning atrof muxit bilan 
doimiy munosabatlarini chuqur o’rganib yetgandan keyingina biz tabiatni 
muhofaza qilishga tayyor bo’la olamiz. 
Atrof muxitni muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan 
foydalanish shu kunning eng muxim ekologik muammosi hisoblanadi va bu 
muammo 6,5 mlrd. aholi hamda ular yashayotgan davlatlar manfaatini o’z 
ichiga qamrab oladi. By muammo hayotning barcha muammolaridan farq 
qilgan holda, Yer yuzidagi jonzotlar, shu jumladan, eng avvalo insonlar 
salomatligini saqlashni ko’zda tutadi. Bu xayrli ishda orqaga qaytish Yer 
yuzidagi hayotni, jamiyat taqdirini tabiiy ofatlar yoqasiga keltirib, kelajak 
avlod yo’lini to’sib qo’yishdan iboratdir.


O

zg. varaa

Hujjat №. 
Imzo 
Sana 
varoq 
44 
5312200-Konchilik elektr mexanikasi
BMI-2023

Download 0,84 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish