Konchilik elektr mexanikasi




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/42
Sana12.02.2024
Hajmi0,84 Mb.
#155072
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
Bog'liq
Eldor-diplom

 
 
markazlari va qozon qurilmalaridir. Issiklik elektr stansiyalaridan chikarib 
tashlanadigan zaxarli moddalar mikdori juda katta. Masalan, oyiga 51 ming 
tonna ko’mir sarflaydigan elektr stansiya qozon qurilmasi har kuni 33 tonna 
oltingugurt angidridni havoga ajratib chiqaradi. Qulay metereologik sharoitda 
esa 50 tonna oltingugurt kislotaga aylanishini inobatga olsak, bu qurilmadan 
har kuni qo’shimcha yana 40-50 tonna kul chiqarib tashlanadi. 
Shuningdek, qora metallurgiya sohasining ham atmosfera ifloslanishidagi 
ulushi yuqori. Misol tariqasida aytadigan bo’lsak, bir tonna cho’yan olishda 
atmosferaga 4,5 kilogramm chang, 2,7 kilogramm zaxarli gaz, 0,1-0,5 
kilogramm marganets chiqarib tashlanadi. Ushbu moddalar tarkibida kam 
mikdorda bo’lsa ham mishyak birikmalari, fosfor, surma, qo’rg’oshin, simob 
bug’lari, vodorod sianid kabilar uchraydi. Qora metallurgiyaning hozirgi 
zamonaviy zavodlari ko’mirni kokslantiruvchi sexlarga ega. Koksoximiyaviy 
ishlab chiqarish atmosfera havosini chang va uchuvchi birikmalar bilan 
ifloslaydi. Bir tonna koks olishda 300-320 metr kub koks gazi hosil bo’lib, 
uning tarkibida 50-63 foiz vodorod, 20-34 foiz metan, 5,4-7 foiz uglerod oksid, 
1,6-4 foiz karbonat angidrid, 5-10 foiz azot, 2-2,6 foiz uglevodlar va boshka 
moddalar mavjud. Rangli metallurgiya zavodlaridan toksik (zaxarlovchi) 
changsimon moddalar- mishyak va qo’rg’oshin atmosferaga chiqarib 
yuboriladi. Bular ham odam organizmi uchun zararlidir. 
Bu kabi misollarni yana ko’plab keltirish mumkin. Shu bois hozirgi kunda 
atmosferani muxofaza qilish bo’yicha bir qancha tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. 
Avtotransport vositalarining dvigatellarini gaz yordamida ishlashini yo’lga 
qo’yish, yonishdan hosil bo’lgan gazlarni neytrallashtirish, dvigatellarni 
takomillashtirish elektroavtomobillarga (elektromobillar) o’tish va boshqalar 
shular jumlasidandir. Bu kabi tadbirlar bilan bir qatorda, mamlakatimizda 
quyoshli kunlarning soni yil davomida 280-300 kundan ortiqligini inobatga 
olsak, quyosh energiyasidan foydalanishning imkoniyatlari yuqori. Undan 
tashkari bir yilda 1 m
2
yer yuzasiga tushadigan quyosh energiyasining o’rtacha 
miqdori 546x107 Joulni tashkil etib, bu taxminan 300 kilogramm ko’mir 
yoqilganida ajralib chiqadigan energiyaga teng. Bir gektar maydonga 
tushadigan quyosh nuri esa ikki tonna ko’mir energiyasiga ekvivalent bo’ladi. 
Shu bois kelgusida quyosh energiyasi hisobiga harakatlanuvchi transport 
vositalaridan foydalanish borasida ham olimlar tomonidan bir qancha 
izlanishlar olib borilmoqda. 


O

zg. varaa

Hujjat №. 
Imzo 
Sana 
varoq 
47 
5312200-Konchilik elektr mexanikasi
BMI-2023

Download 0,84 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish