Konchilik elektr mexanikasi




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/42
Sana12.02.2024
Hajmi0,84 Mb.
#155072
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Eldor-diplom

 
 
maydonlarning jadal sur’atlarda qisqarishiga, cho’l-sahrolarning bostirib 
kelishiga, tuproqning buzilishiga, atmosferaning yuqorida joylashgan azon 
to’sig’i kamayib ketishiga, yer havosining o’rtacha harorati ortib borishiga va 
boshqa holatlarga sabab bo’lmoqda. 
Beto’xtov ketayotgan qurollanish poygasi, atom, kimyoviy qurollar va 
ommaviy qirg’in qurollarining boshqa turlarini ishlab chiqarish, saqlash va 
sinash insoniyat yashaydigan muhit uchun juda katta xavfdir. 
Hozir XXI asr bo’sag’asida Fan-texnika taraqqiyoti jadal sur’atlar bilan 
rivojlanib bormoqda. Dunyoning jo’g’rofiy-siyosiy tuzilishi o’zgarmoqda. 
Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga ko’rsatilayotgan ta’sirni tartibga 
solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o’zaro 
ta’sirini uyg’unlashtirish, inson va tabiatning o’zaro munosabatlarida 
muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo’lib qolmoqda. 
Xalqaro hamjamiyat insonning nafaqat yashash huquqi, balki to’laqonli va 
sog’lom turmush kechirish uchun zarur mo’tadil atrof-muhit sharoitlariga ham 
bo’lgan huquqlarining muqaddas va daxlsizligini allaqachonlar e’tirof etgan. 
Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun 
dolzarbligi, juda zarurligi bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi. Bu 
muammolar amaliy tarzda hal etilsa, ko’p jihatdan hozirgi va kelgusi avlod 
turmushining ahvoli va sifatini belgilash imkoniyatini beradi. Iqtisodiyotning 
ishlab chiqarish bilan bog’liq tarmoqlarini ekologik jihatdan zararsiz 
texnologiya yordamida rivojlan-tirishni ta’minlash imkoniga ega bo’linadi. 
Ma’lumki, tabiatning holati birdaniga va darhol yomonlashib qolmaydi. Bu 
jarayon uzoq vaqt davom etadi. Boshqacha aytganda, ekologik vaziyat asta-
sekin yomonlasha boradi. 
Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammo-
laridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfatlariga mos bo’lib, 
sivilizat-siyaning hozirgi kuni va kelajagi ko’p jihatdan ana shu muammoning 
hal qilinishi-ga bog’liqdir. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida inson bilan 
tabiatning o’zaro ta’siriga oid bir qator muammolarni hal etish faqat bir 
mamlakat doirasida cheklanib qola olmaydi. Ularni butun sayyoramiz 
ko’lamida hal qilish zarur. Ko’rinib turibdiki, tabiiy muhitni inson yuritadigan 
xo’jalik faoliyatining zararli ta’siridan ko’pgina muammolar keng ko’lam kasb 
etadi. Shu sababli hamkorlik asosida hal qilinishi lozim. Ekologiya muammosi 
yer yuzining hamma burchak-larida ham dolzarb, faqat uning keskinlik darajasi 
dunyoning turli mamlakatlarida va mintaqalarida turlichadir. 


O

zg. varaa

Hujjat №. 
Imzo 
Sana 
varoq 
49 
5312200-Konchilik elektr mexanikasi
BMI-2023

Download 0,84 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish