|
Talabaning fan bo`yicha o`zlashtirish ko`rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi
|
bet | 181/226 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #250996 |
Bog'liq UMK soha iqtisodiyotiTalabaning fan bo`yicha o`zlashtirish ko`rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) 5 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javobberishi lozim:
Fanning mohiyati va mazmunini to‘liq yorita olsa;
Fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;
Fan bo‘yicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lsa;
Fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
Berilgan savollarga aniq va lo‘nda javob bera olsa;
Konspektga puxta tayyorlangan bo‘lsa;
Mustaqil topshiriqlarni to‘liq va aniq bajargan bo‘lsa;
Barcha amaliy ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirgan bo‘lsa;
Nazariy bilimlarni turli vaziyatda qo‘llay olish;
Tizimli yondashish, uzviylikka amal qilish.
b) 4 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
Fanning mohiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;
Fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushingan bo‘lsa;
Fan bo‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni o‘quv dasturi doirisida bajarsa;
Fan bo‘yicha berilgan savollarga to‘g‘ri javob bera olsa;
Fan bo‘yicha konspektini puxta shakllantirgan bo‘lsa;
Fan bo‘yicha mustaqil topshiriqlarni to‘liq bajargan bo‘lsa;
Barcha amaliy ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga harakat qilgan bo‘lsa;
v) 3 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
Fan haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lsa;
Fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yo‘l qo‘yilsa;
Bayon qilish ravon bo‘lmasa;
Fan bo‘yicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
Fan bo‘yicha matn puxta shakllantirilmagan bo‘lsa.
|
| |