Quyida qayd qilingan usullarning qaysi biri nizoli vaziyatlarning oldini olish yoki ziddiyatni yumshatish uchun qo‘llaniladi




Download 1,53 Mb.
bet226/226
Sana23.05.2024
Hajmi1,53 Mb.
#250996
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   226
Bog'liq
UMK soha iqtisodiyoti

99. Quyida qayd qilingan usullarning qaysi biri nizoli vaziyatlarning oldini olish yoki ziddiyatni yumshatish uchun qo‘llaniladi:
a) uzoqlashish
b) silliqlashish
v) majburlash
*g) noto‘g‘ri javob yo‘q.
100. Stress – bu:
a) o‘zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik sababli tug‘iladigan holat
b) ixtilof
*v) asablarning qo‘zg‘alishi bilan bog‘liq bo‘lgan holat
g) nifoq.







BAHOLASH MEZONI




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
FAN, TA`LIM VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
OLMALIQ FILIALI
KONCHILIK ISHI FAKULTETI
UMUMKASBIY VA IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI

SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI”
fani bo‘yicha talabalar bilimini nazorat
qilish va baholash


M E Z O N I


OLMALIQ - 2023

234
Talabalarning bilimini nazorat qilishni tashkil etish.


Talabalarning bilimini nazorat qilish va baholash amalda joriy qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 – avgustdagi 19–2018- sonli buyrug‘iga ilova qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish baholash tizimi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi. Unga muvofiq oraliq nazoratda fan bo‘yicha A-S darajasiga erishgan talabalar yakuniy nazoratga qo‘yiladi.


Talabaning oraliq nazorat bo‘yicha o‘zlashtirgan ballari quyidagijadval asosida kredit ballariga va harfli tizimga o‘giriladi.
1- jadval



Harfli
tizimdagi
baho

Ballarning
raqamli
ekvivalenti

Foiz
ko’rsatkichi

An’anaviy
usuldagi baho

А

4,0

95-100

A’lo

А–

3,67

90-94

В+

3,33

85-89

Yaxshi

В

3,0

80-84

В–

2,67

75-79

С+

2,33

70-74

С

2,0

65-69

Qoniqarli

С–

1,67

60-64

D+

1.33

55-59

Qoniqarsiz

D

1,0

50-54

F

0

0-49

Oraliq nazoratlar – bu tyutor tomonidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari
va ular bo‘yicha mustaqil ta’lim natijalari bo‘yicha o‘tkaziladigan talabalarning
bilimlarini tekshirish va baholash jarayonlaridir. Oraliq nazorat baholari tyutor
tomonidan talabalarning auditoriyadagi faolligi va O‘RTMI shakllari (Office
Hours) bo‘yicha amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
Fanni o‘rganishda talabalar bilimini tekshirish bo‘yicha turli shakldagi joriy
nazoratlar ko‘zda tutilishi mumkin:
1) og‘zaki so‘rov – bu nazorat turi fanning bir yoki bir nechta bo‘limini o‘rganib bo‘linganidan o‘ng savol -javob va masalalarning muhokamasi tarzida o‘tkaziladi;
2) yozma ish – fanning alohida bo‘limlari bo‘yicha qo‘yilgan masalalarni
muhokama qilish, muammolarni tahlil qilish, amaliy topshiriqlarni bajarish bo‘yicha ko‘zda tutiladigan nazorat turi;
3) kombinirlangan so‘rov – bir vaqtning o‘zida ham og‘zaki, ham yozma
shakldagi nazorat turlarining o‘tkazilishi;
4) uy ishlarini himoya qilish va taqdimot qilish – yakka tartibda va guruhli
uy ishlarining to‘g‘ri bajarilganligini, talabaning o‘tilgan materialni umumlashti- rish va uni auditoriyaga taqdim qilish, fan mavzulari bo‘yicha mantiqiy bog‘liqlikni kuzatish ko‘nikmalariga erishganligini tekshirish maqsadida nazorat qilish;
5) bahs-munozaralar, treninglar, dumaloq stollar, keys-stadi va h.k.–muam
moli xarakterdagi mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini namoyish
qiluvchi masalalarni guruh bo‘lib muhokama qilish;
6) testlar – fanning alohida bo‘limlari bo‘yicha savol topshirig‘i ko‘rinishidagi yozma nazorat shakli;
7) kurs loyihasini, kurs ishini bajarish – nazariy materialni amaliy masalalarniechish hisobiga sifatli o‘zlashtirish maqsadida namunaviy va ishchi o‘quv rejalarga muvofiq ravishda ko‘zda tutiladi, o‘quv semestri davomida bajariladi. Kursloyihasining (kurs ishining) himoyasi kafedra mudiri farmoyishi bilan tasdiqlangan komissiya tomonidan kurs loyihasi(ishi) bo‘yicha ilmiy rahbar ishtirokida kafedra mudiri belgilangan jadval asosida qabul qilinadi. Kurs loyihasini (kurs ishini) bajarmagan talabalar oraliq attestatsiyalarga kiritilmaydi. Muayyan bir fandan kurs loyihasini (ishini) himoya qilmagan talabaga registator ruxsati bilan boshqa fanlardan imtihonda qatnashishiga ruxsat beriladi.
5) bahs-munozaralar, treninglar, dumaloq stollar, keys-stadi va h.k.–muamoli xarakterdagi mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini namoyish qiluvchi masalalarni guruh bo‘lib muhokama qilish;
6) testlar – fanning alohida bo‘limlari bo‘yicha savol topshirig‘i ko‘rinishidagi yozma nazorat shakli;
7) kurs loyihasini, kurs ishini bajarish – nazariy materialni amaliy masalalarni echish hisobiga sifatli o‘zlashtirish maqsadida namunaviy va ishchi o‘quv rejalarga muvofiq ravishda ko‘zda tutiladi, o‘quv semestri davomida bajariladi. Kurs loyihasining (kurs ishining) himoyasi kafedra mudiri farmoyishi bilan tasdiqlangan komissiya tomonidan kurs loyihasi(ishi) bo‘yicha ilmiy rahbar ishtirokida kafedra mudiri belgilangan jadval asosida qabul qilinadi. Kurs loyihasini (kurs ishini) bajarmagan talabalar oraliq attestatsiyalarga kiritilmaydi. Muayyan bir fandan kurs loyihasini (ishini) himoya qilmagan talabaga registator ruxsati bilan boshqa fanlardan imtihonda qatnashishiga ruxsat beriladi.
Talabalarning bilimlarini oraliq nazorat qilish tyutor tomonidan tasdiqlangan
jadval asosida semestrning o‘rtasidagi va oxiridagi haftalarda amalga oshiriladi.
Joriy va oraliq nazoratlar dekanatlar va o‘quv bo‘limi tomonidan tashkil qilinadi. Baholar har bir fan bo‘yicha alohida foiz hisobida qo‘yiladi.
Oraliq nazorat natijalari “O‘qituvchining ishini hisobga olish jurnali” va imtihon sessiyasigacha RO ga topshiriladigan “Reyting qaydnomalari” da qayd qilinadi.
Reyting nazoratlaridan keyingi 3 kun mobaynida talabalar apellyasiya huquqiga ega. Appelyasiyaga ariza shaxsan talaba tomonidan dekan nomiga topshiriladi
va kafedraning fan bo‘yicha appelyasiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Birinchi va ikkinchi oraliq nazorat natijalari bo‘yicha 50% dan kam
(Ro‘r= (R1 + R2) / 2 < 6 0%) natija ko‘rsatgan, shuningdek, ularda uzrli sabab bilan ishtirok etmagan talabalar imtihon sessiyasi o‘tkazilgunga qadar (istisno tariqasida o‘quv ishlari prorektorining ruxsati bilan fan bo‘yicha imtihongacha) oraliq nazoratni yakka tartibda topshirishlari mumkin.





O`UM elektron varianti


Download 1,53 Mb.
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   226




Download 1,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quyida qayd qilingan usullarning qaysi biri nizoli vaziyatlarning oldini olish yoki ziddiyatni yumshatish uchun qo‘llaniladi

Download 1,53 Mb.