|
O‘z-o‘zini nazorat kilish uchun savollar
|
bet | 20/226 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #250996 |
Bog'liq UMK soha iqtisodiyotiO‘z-o‘zini nazorat kilish uchun savollar
Korxona tushunchasini izohlab bering.
Korxonaning turlarini tavsiflab bering.
Korxonalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ayting.
YAngi korxonani tashkil kilish tamoyillari.
5. Korxonani tashkil kilishdan ko‘zlangan maksad nima ?
6. Korxona faoliyatini tartibga soluvchi xujjatlarning kanday turlarini bilasiz?
7. Korxonani yagona davlat reestridan o‘tkazish uchun kanday xujjatlar talab kilinadi?
8. Korxona faoliyatini tugatish yoki kayta tashkil kilish deganda nimani tushunasiz?
9. Korxonani tugatish sabablari qaysilar?
10. Sanoat korxonalariga xos bo‘lgan belgilar.
11. Korxonaning davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?
12. Notijorat tashkilotlarga qanday korxonalar kiradi?
13. Korxona faoliyatining ichki va tashqi muhitlarini tushuntiring.
14. Tarkibiy elementlarning ro‘yxatiga nimalar kiradi?
2-Mavzu: Korxonaning aylanma mablag`lari
Reja:
Korxonaning aylanma mablag`lari tushunchasi, tasnifi, tarkibi.
Aylanma mablag`lardan samarali foydalanish ko`rsatkichlari.
Aylanma mablag`larni me`yorlashtirish. Aylanma mablag`larini aylanishini tezlashtirish.
2.1. Korxonaning aylanma mablag`lari tushunchasi, tasnifi, tarkibi.
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishda mehnat qurollari va ish kuchidan tashkari, aylanma mablag‘larga xam ega bo‘lishlari zarur. Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala fondlarini tashkil qilishga mo‘ljallangan pul mablag‘laridan iborat. Aylanma mablag‘lar korxonaning xisob raqamida nakd pul ko‘rinishida jamg‘ariladi. Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarish va uning uzluksizligini ta’minlashning moddiy asosi xisoblanadi.
Korxonaning aylanma mablag‘lari aylanma fondlar va muomala fondlariga taksimlanadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari korxona ishlab chiqarish fondlarining bir qismi bo‘lib, bitta ishlab chiqarish sikli davomida sarflanadi xamda natural shaklini o‘zgartirib, o‘z qiymatini to‘lig‘icha tayyor maxsulot tannarxiga o‘tkazadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonining majburiy elementi ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy qismi xisoblanadi.
|
| |