|
Amaliy mashg`ulotlar bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar
| bet | 175/222 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,57 Mb. | | #140109 |
Bog'liq Konchilik ishi va metallurgiya2.4. Amaliy mashg`ulotlar bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar.
Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi:
- amaliy mashg`ulotlarining maqsadini aniq belgilab olish;
- o`qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati bo`yicha bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uyg`otish;
- talabada natijani mustaqil ravishda qo`lga kiritish imkoniyatini ta`minlash;
- talabani nazariy-metodik jihatdan tayyorlash;
- amaliy mashg`ulotlar nafaqat aniq mavzu bo`yicha bilimlarni yakunlash, balki talabalarni tarbiyalash manbai hamdir.
Amaliy mashg`ulot uchun quyidagi mavzular tavsiya etilgan:
“Soha iqtisodiyoti va menejmenti” fani bo`yicha amaliy mashg`ulotining tematik rejasi:
-
Sanoat korxonalari bozor iqtisodiyotining sub`ekti sifatida.
-
Korxonaning asosiy fondlari. Korxonaning aylanma mablag`lari.
-
Korxonaning mehnat resurslari. Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish.
-
Korxona harajatlari.
-
Korxonaning daromadi va foydasi.
-
Sanoat korxonalarida rejalashtirish.
-
Sanoat korxonalarida marketing. Sanoat korxonalarining innovatsion va investitsion faoliyati.
-
Menejment asoslari. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
2.5. Tajriba ishlari bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar
Fan bo`yicha tajriba mashgulotlari namunaviy o`quv dasturida rejalashtirilmagan.
2.6. Kurs ishi (loyihasi) bo`yicha ko`rsatmalar va tavsiyalar
Fan bo`yicha kurs loyihasi (ishi) namunaviy o`quv dasturida rejalashtirilmagan.
2.7. Mustaqil ishlar bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar
Mustaqil o`zlashtiriladigan mavzular bo`yicha talabalar tomonidan referatlar tayorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi. Mustaqil ta`lim mavzusi talabalarga ma`ruza va amaliyot mavzulariga mos ravishda beriladi. Mustaqil ta`lim talabalarning nazariy bilimlarinin mustahkamlashga, ularning axborot manbaalarinin kengaytirishga yordam beradi.
Fan bo`yicha qo`shimcha adabiyotlar bilan ishlash, mustaqil o`rganish uchun berilgan mavzular bo`yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari qo`shimcha o`quv, ilmiy adabiyotlardan foydalanishi, bunda xorijiy tillardagi adabiyotlardan foydalanish ham tavsiya etiladi. .
Mustaqil o`zlashtiriladigan mavzular bo`yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi. Mavzuga oid masalalar, keys-stadilar va o`quv loyihalarini ishlab chiqish va ishtirok etish, ilmiy seminar va anjumanlarga tezis va maqolalar tayyorlash va ishtirok etish maqsadga muvofiqdir.
|
| |