- hodisa. TTM elementining ikkala kirishiga ham nol mantiq beriladi, ya’ni Bu holatda V1




Download 207,34 Kb.
bet2/4
Sana18.09.2024
Hajmi207,34 Kb.
#271533
1   2   3   4
Bog'liq
8-Labaratoriya mashg\'uloti

2- hodisa. TTM elementining ikkala kirishiga ham nol mantiq beriladi, ya’ni Bu holatda V1 tranzistorning o‘tishi ochiladi. Uning qarshiligi kamayadi, ya’ni kalit berk holatda bo‘ladi. Natijada tranzistor V2 bazasiga tushayotgan kuchlanish ham kamayib, u berkiladi. V2 tranzistorning qarshiligi ortib, asosiy kuchlanish unga tushadi. Tranzistor V3 ochiladi. rezistorda kuchlanish birdaniga kamayib ketganligi uchun V4 tranzistor berkiladi, va unda katta kuchlanish tushuvi hosil bo‘ladi. Elementning Y chiqishida “1” mantiq paydo bo‘ladi. Qo‘shimcha rezistor mantiq elementining chiqishidagi tokni chegaralash uchun hizmat qiladi.
3- hodisa. TTM element kirishining bittasiga nol kuchlanish beriladi. Bu holat yuqoridagi 2-hodisani takrorlaydi. Haqiqatdan ham tranzistorning birorta elementiga nol kuchlanish berilsa tranzistorning ikkala qismiga nol kuchlanish bir vaqtda berilgandek u ochilaveradi. V1 tranzistorning qarshiligi kamayib, V2 tranzistor bazasidagi kuchlanish ham pasayib ketadi. Natijada V2 tranzistor berkiladi. rezistordagi kuchlanish kamayib V4 tranzistor ham berkiladi. Elementning V chiqishida “1” mantiq paydo bo‘ladi.
1954 yilda ingliz matematigi Jorj Bul o‘zining «Fikrlash qonunlari» nomli kitobini chop etdi. U mantiqiy algebraning asosini tashkil etadi. Bul algebrasi EHM ning rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. EHM yaratish mumkinligining asosiy g‘oyasi bul algebrasiga asoslangan. Bu fikrni tushunish uchun matematik mantiqning asosiy sodda tushunchalarini eslaylik. Oddiy hodisalar yoki mantiqiy fikr elementlarini A,B,D. . . va mantiqiy fikrning rost yoki yolg‘onligini esa mos ravishda 1 va 0 bilan belgilash mumkin.
Bu esa o‘z navbatida ikkilik sanoq sistemasiga mos keladi. Agar bir hodisaning yuz berishi, ikkinchi hodisaga bog‘liq bo‘lmasa, bu hodisa sodda, aks holda murakkab deyiladi. Bul algebrasiga muvofiq, har qanday murakkab hodisa sodda hodisalarning mantiqiy funksiyasidan iborat.
Bul algebrasining asosiy tasdiqlaridan biri ixtiyoriy mantiqiy funksiyani mantiqiy amallar asosida chekli sondagi mantiqiy mulohazalar ko‘rinishida yozish mumkinligidadir. Bundan esa ixtiyoriy mantiqiy fikrni rost (1) va yolg‘onlarning (0) chekli sondagi kombinatsiyalari ko‘rinishida yozib olish mumkinligi kelib chiqadi. Bu esa, o‘z navbatida 1 (signal bor) va 0 (signal yo‘q) raqamlarining kombinatsiyalariga asoslangan va ixtiyoriy fikrni ifodalash imkoniga ega bo‘lgan maxsus elektron qurilmalar-EHM larni yaratish mumkinligi haqidagi fikrni yuzaga keltiradi.
Mulohazalar algebrasi tushunchasini kiritish uchun avval algebra tushunchasini eslash lozim. A to‘plam va Q - A to‘plamda aniqlangan algebraik amallar to‘plami berilgan bo‘lsin. U holda (A, Q.)- juftlikni algebra deb ataymiz.

Download 207,34 Kb.
1   2   3   4




Download 207,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- hodisa. TTM elementining ikkala kirishiga ham nol mantiq beriladi, ya’ni Bu holatda V1

Download 207,34 Kb.