|
Konstruktor logicheskix sxem
|
bet | 1/4 | Sana | 18.09.2024 | Hajmi | 207,34 Kb. | | #271533 |
Bog'liq 8-Labaratoriya mashg\'uloti
L8 Mantiqiy ifodalarning mantiqiy sxemasini tuzish va ularni “Konstruktor logicheskix sxem” dasturida tekshirish.
Mantiqiy sxemalar. Bul algеbrasi va elеmеntar Bul funksiyalari. Bul algebrasi qonunlari.
Asosiy mantiq elementlari elektron sxemalar bo‘lib, ular elektron kalitdan iborat mantiq elementlarini bajaradi. Asosiy mantiq elementlari murakkab raqamli qurilmalarni proyektlashda asos bo‘lib hizmat qiladi. Mantiqiy algebra kursidan ma’lumki, murakkab mantiqiy funksiyalari orqali ko‘rsatish mumkin. Bunda quyidagi asosiy va boshqa funksiyalar hosil bo‘ladi: asosiy mantiq funksiyalari va – AND (konyuksiya-mantiqiy ko‘paytirish), yoki – OR (dizyunksiya-mantiqiy qo‘shish), yo‘q – NOT (inkor-aks holda). Ko‘rsatilgan ushbu mantiq funksiyalar asosiy mantiq elementlarida o‘z yechimini topadi.
Masalan, quyidagi sxemani (4.1-chizma) ko‘rib o‘taylik.
4.1-chizma
Asosiy mantiq elementlari alohida integral, mikrosxema tarzida tayyorlanishi mumkin. Eng ko‘p ishlatiladigan asosiy element (va, yoki, yo‘q) larning shartli belgilanishi va ularning holat chizmada quyida keltirilgan.
4.2-chizma
Elementlarninng ishlatilishi va ularning sxemotexnikasiga ko‘ra quyidagi asosiy mantiq elementlari bir-biridan farqlanadi. Tranzistor – tranzistor mantiq (TTM), emitter-bog‘langan mantiq (EBM), komplementor metal-dielektrik-yarim o‘tkazgich mantiq (KMDYa) elementlari mavjud.
TTMli asosiy mantiq elementi tranzistorlarni qo‘llash bilan amalga oshiriladi. YO‘Q funksiyasi elektron kalit sxemasi yordamida quriladi. “YO‘Q” funkstiyasini bajaruvchi elementdan tashqari “VA-YO‘Q” funkstiyasini amalga oshiruvchi asosiy mantiq elementi ham amalda ko‘p qo‘llaniladi. “Sheffer shtrixi,”- deb ataluvchi “VA-YO‘Q” funkstiyasini bajaruvchi mantiq elementining sxemasi (4.3-chizma) quyida keltirilgan.
4.3-chizma
Yuqorida keltirilgan sxemaning o‘ziga xosligi unda tranzistor V1 qo‘llanilganligidir. Ushbu tranzistor yordamida talab qilinadigan asosiy elementning mantiq funkstiyasi bajariladi.
Endi TTM elementi sxemasining har - xil mantiqiy signallar berilgandagi ishini ko‘rib chiqamiz. Bunda soddalik uchun “1” mantiq sathi uchun manbaning maksimal kuchlanishini, “0” mantiq sathi uchun esa nol kuchlanishi qabul qilib olamiz.
1- hodisa. “VA-YO‘Q” elementining ikkala kirishiga mantiq “1” berilgan, ya’ni . Sxemani analiz qilib ko‘ramizki, ikkala emitter o‘tish ham ushbu holda berkiladi. Aksincha V1 tranzistorning kollektor o‘tishi ochiq. Bu holatda V1 tranzistor inkor rejimida ishlaydi. Hosil bo‘lgan baza toki kollektor o‘tish orqali o‘tib, V2 tranzistorni ochadi. Ushbu V2 tranzistorning qarshiligi kam bo‘ladi, u kalit berk holatiga mos keladi. Manbaning kuchlanishi va rezistorlariga tushadi. Ular shunday tanlanganki, shartda tranzistor V4 ochiladi, V3 esa berkiladi. Elementning Y chiqishida “0” mantiq hosil bo‘ladi. Diod D tranzistor V3 dagi potensialni ko‘tarish, ya’ni V3 tranzistor berk holatda ishonchli ushlab turish uchun xizmat qiladi.
|
| |