|
Karyer yuk aylanmasi va yuk oqimi. 1.2. da
|
bet | 22/23 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 95,36 Kb. | | #102852 |
Bog'liq F.Q.K.O.U.Q.O. yakuniy javoblari15.2. Karyer yuk aylanmasi va yuk oqimi. 1.2. da
15.3. Portlatish ishlari parametrlari. 1.3. da
16.1. Avtomabil transportida otval xosil qilish ishlari. 13.3. da
16.2. Kon jinslarini transport qilish. 2.2. da
16.3. Burg‘ilash dastgohi ish unumdorligi 2.3. da
17.1. Kon massivini mexanik maydalash.
О‘ta zich, muzlagan va yarim qoyali tog‘ jinslarini qazib olishga tayyolashda turli xil yumshatuvchi mexanik vositalaridan foydalaniladi: ekskavator chо‘michi, traktorli yumshatgich va maxsus struglar.
Portlatish usuli bilan yumshatishga qaraganda mexanik usul bilan yumshatishda yuqori unumdorlikka erishiladi. Bu usul tog‘ jinsi qattiqligi f=6 gacha bо‘lgan tog‘ jinslarida arzon tannarxga ishlarning bexatar olib borilishiga erishiladi.
Mexanik usulda yumshatishning eng keng tarqalgan usuli bu-traktorli yumshatishdir. Bunda gusenitsali quvvatli traktorlarga 1-5 tagacha yumshatuvchi tishlar о‘rnatiladi. Tog‘ jinsi qattiqligi oshgan sayin yumshatuvchi tishlar soni kamayadi. Yarim qoyali va katta yoriqli qoyali tog‘ jinslarida bir tishli yumshatgichlar, kam mustahkamlikka ega bо‘lgan tog‘ jinslarida esa, kо‘p tishli yumshatgichlar (ularning unumdorligini oshirish maqsadida) ishlatiladi. О‘tkir tishlarga bо‘lgan kuchlanish 250 kN gacha yetadi. Harakat paytida bu о‘tkir tishlar gidravlik sistema yordamida massivga 0,5 m chuqurlikkacha botishi mumkin.
Tog‘ jinsining yumshatiluvchanligi yumshatgich tishlarining botish chuqurligi bilan aniqlanadi va massivning yoriqligi hamda tog‘ jinsi mustahkamligiga bog‘liq bо‘ladi.
Mexanik yumshatgichning samaradorligi massivning yoriqliligiga bog‘liqdir. Massiv katta yoriqlarga ega bо‘lganda, yumshatgichning samaradorligi oshadi. Asosiy yoriq yо‘nalishiga kо‘ndalang ravishda yumshatilganda samaradorlik yanada yuqori bо‘ladi.
Massivni yumshatish yumshatgichning parallel uzun yurishi orqali amalga oshiriladi. Uzun yurishlar orasidagi masofa belgilangan bо‘laklik va yumshatishning samarador chuqurligini ta’minlash sharti bо‘yicha hisoblanadi. Bunda yumshatishning samarador chuqurligi, tishning botish chuqurligidan kam bо‘ladi. Chuqurligini oshirish va kon massasining bо‘lakligini ta’minlash maqsadida qо‘shimcha kesishgan yurishlar qо‘llaniladi.
О‘ta zich tog‘ jinslarida yumshatgichning mehnat unumdorligi- yumshatiladigan uchastka uzunligi 100-300 m bо‘lganda 1000-1500 m3/soatgacha yetishi mumkin.
Yumshatiladigan uchaska uzunligi 100-300m gacha bо‘lishi mumkin. Yumshatilgan tog‘ jinslari buldozerlar bilan shtabellanadi(tо‘planadi). Tо‘plangan tog‘ jinslari yuklovchi mashinalar yoki ekskavatorlar bilan transport vositalariga yuklanadi.
|
| |