|
Ishlab chiqarish xodimlarini va aholini o‘zini himoya qila olish va bu xavfli ta’sirlardan himoyalanish usullarini qo‘llash
|
bet | 25/27 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #242810 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsi 4.2 Ishlab chiqarish xodimlarini va aholini o‘zini himoya qila olish va bu xavfli ta’sirlardan himoyalanish usullarini qo‘llash.
Hozirgi zamon fan va texnikasining o‘sishi, yangi texnologiya va mashina-mexanizmlarning joriy etilishi ishlab chiqarishda ishlayotgan har bir xodimning yuqori malakali, texnika qonunlarini tushunadigan va unga amal qiladigan bo‘lishlarini taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda ishchilar xavfsizlikni ta’minlash borasida qanchadan qancha tavsiyanomalar, qoida va meyorlar inlab chiqilgan bo‘lishiga qaramasdan sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalar butunlay yo‘qolib ketishini ta’minlovchi sharoit mavjud emas.
Sanoat korxonalarida xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga, meyor va tavsiyanomalarga rioya qilmaslik, ishchilarni jarohatlanishga, zaharlanishga va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan har qanday baxtsiz hodisa har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi.
Xavfsizlik – bu maqsad, hayot faoliyati xavfsizligi bo’lsa, shu maqsadga erishish uchun qo’llanadigan vositalar, yo’l-yo’riq, qo‘llanmalar va usullardir.
Salomatlikka taxdid – o’limga yoki nogironlikka va boshqa holatlarga olib keluvchi kasallik, shikastlanishlardir.
Odamning hayotiga taxdid soluvchi xavflarning quyidagi turlari mavjud:
1. Kelib chiqishiga ko’ra: tabiiy, texnogen, antropogen, ekologik, sotsial va biologik.
2. Ta’sir mexanizmiga ko’ra: mexanik, fizikaviy, ximiyaviy, biologik, psixofiziologik.
3. Salbiy natijalarni rivojlanishiga ko’ra: impulsiv, kumulyativ.
4. Xavfning joylashishiga ko’ra: litosfera, gidrosfera, atmosfera, kosmos bilan bog’liq xavflar.
5. Yuzaga keluvchi oqibatlarga ko’ra: charchash, kasallik, shikastlanish, avariya, yong’in.
6. Keltirib chiqaruvchi sabablarga ko’ra: sotsial, texnik, ekologik, ekonomik.
7. Strukturasiga ko’ra: oddiy va ishlab chiqarishdagi xavflar.
8. Xavf-xatarni namoyon bo’lishiga ko’ra: maishiy, sport, yo’l-transport, ishlab chiqarish, harbiy va boshqalar.
Insonning hayotiy faoliyati xavfsizligini ta’minlash sharoitlari majmuida maishiy muhit katta ahamiyat kasb etadi. Inson organizmi va yashash muhitidagi nomutanosiblik ruhiy diskomfort sifatida namoyon bo’ladi.
Odam organizmining turli sharoitlarga moslashuvining umumiy qonuniyatlari. Odam tug’ilganidan boshlab, o’zi uchun umuman yangi sharoitlarga duch keladi va o’zining hamma a’zo va sistemalarini shu sharoitlarga moslashtirishga majbur bo’ladi. Keyinchalik, individual taraqqiyot davomida odam organizmiga ta’sir etuvchi faktorlar doimiy ravishda o’zgarib turadi. Bu esa doimiy funksional o’zgarishlarni talab qiladi.
Adaptatsiya yoki moslashuvchanlik tushunchasi deganda moslashuvchanlik faoliyatining tug’ma va orttirilgan turlari tushuniladi. Bu esa hujayra, a’zo, sistema va organizm darajasida yuz beradigan aniq fiziologik reaksiyalar tomonidan ta’minlab beriladi. Himoya-moslashuvchanlik reaksiyalari reflektor va gumoral yo’llar bilan boshqariladi, bunda asosiy o’rin oliy nerv faoliyatiga ajratiladi. Odam organizmida juda ko’p foydali moslashuvchanlik xususiyatlari bo’lib ular:
1. ichki muhit ko’rsatkichlari (ozuqa moddalari, kislorod, harorat, qon bosimining darajasi);
2. odam organizmining asosiy biologik talablarini qondiruvchi axloqiy faoliyati (oziq-ovqat, ichimlik, jinsiy va boshqalar),
3. insonning jamiyatdagi tajribasiga asoslangan ijtimoiy faoliyat natijalari: umumiy va shaxsiy.
Ijtimoiy omilning inson salomatligiga ta’siri juda katta. Ko’pincha ijtimoiy jarayonlar biologik jarayonlarga katta ta’sir o’tkazishi mumkin.
Aholi salomatligi holati asosiy va sistemalardagi o’zgarishlar va funksional xolatlarning, shuningdek, aholi jismoniy rivojining ko’rsatkichalari bilan belgilanad. Ayrim organlarning funksional xolatini va ayniqsa, insonning ish qobiliyatini baholashda meyoriy kattaliklargagina emas, shu bilan birga funksiyalarining maqbulligi to’g’risidagi tasavvurlarga ham amal qilish kerak.
O’sib kelayotgan organizmning ham biologik, ham ijtimoiy funksiyalari qanday rivojlanayotganligini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar mavjud.
Odam organizmini o’zi-o’zini boshqarish jarayoni siklik bo‘lib, “oltin qonunga bo‘ysunadi” – ma’lum bir faktorning hayotiy zarur darajadan chetga chiqish, ma’lum bir funksional sistemaning son-sanoqsiz apparatlarini zudlik bilan qayta tiklanishiga olib keladi. Bu esa hayotiy zarur moslashuvchanlik darajasini yangidan tiklanishiga sabab bo’ladi.
Butun organizmning ishi ko’pgina funksional sistemalarning birgalikda bajaradigan ishiga asoslangan. Organizmning himoyalanish reaksiyalaridan biri – og’riqdir. Retseptorlarga zaralovchi ta’sir etganda og’riq paydo bo’ladi, og’riqda to’qima va organlarda biologik faol moddalar ajralishi kuchayadi, masalan, qonda buyrak usti bezlari gormoni – adrenalin miqdori ortadi. Haroratning ko’tarilishi – isitmalash organizmning himoyalanish – moslanish reaksiyalaridan biri. Harorat yuqori bo’lganda ayrim mikroorganizmlar, ayniqsa viruslar ancha tez nobud bo’ladi, moddalar almashinuvi jarayoni tezlashadi, leykotsitlarning fagotsitar funksiyasini oshiradi. Lekin tana haroratining 400C dan oshib ketishi aksincha organizmni nobud qilishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ishlab chiqarish xodimlarini va aholini o‘zini himoya qila olish va bu xavfli ta’sirlardan himoyalanish usullarini qo‘llash
|