Tabiiy va antropogen muhitlar ta’siri natijasida kelib chiqadigan salbiy oqibatlar




Download 1,16 Mb.
bet26/27
Sana18.05.2024
Hajmi1,16 Mb.
#242810
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsi

4.3 Tabiiy va antropogen muhitlar ta’siri natijasida kelib chiqadigan salbiy oqibatlar.


Muhit tushunchasi turli ma’nolar (fizik muhit, geografik muhit, falsafiy muhit, ijtimoiy muhit va boshqalar)ni anglatadi. Ammo ekologiyada muhit deb, tirik organizmni o’rab turgan fizik qurshovga ataladi. Muhit tevarak-atrofdagi o’zaro bog’lanishlar, shart-sharoitlar va ta’sirlar majmuidir.


Muhit 2 xil bo’ladi.
1. Tabiiy muhit. Uni suv, quyosh, shamol, havo, yer, o’simliklar va hayvonot dunyosi birgalikda tabiiy holda vujudga keltiradi.
2. Sun’iy muhit. U inson tomonidan yaratiladi, ya’ni bunda insonning mehnat mahsuli yotadi.
Tabiiy va sun’iy muhitlar o’zaro chambarchas bog’liq. Mana shu bog‘liqlikni ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi.
Ekologik muhit tabiiy va sun’iy atrof-muhit bo’lib, tirik organizmlar ob’ekt va sub’ekt ta’sirlar sifatida qatnashib, ta’sirlar turi esa tevarak-atrofni saqlab qolish yoki xavf solish sharoitini keltirib chiqaradi. Ekologik muhit, o‘z navbatida, muayyan ekologik tizim hisoblanadi. Uni tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy qismlarga bo‘lish mumkin. Tabiiy ekotizim (yoki ekosfera) xayotni rivojlanishiga imkon beradigan Yerning tavsifi va jonsiz (anorganik) jismlarning majmuidan iborat. Ijtimoiy-iqtisodiy ekotizim esa insonning barcha atrof-muhitga (jonsiz va jonli tabiatga) bo‘lgan munosabatini ifodalaydi.
Ekologik muhit muvozanatda bo‘lishi mumkin, lekin ko‘pincha ushbu muvozavat buzilishi ham mumkin. Agar tirik organizmlarning hayoti o’zgarmasa yoki ularga ta’sir eruvchi omillar barqaror holatda bo‘lsa, ekologik muhit ham muvozanatda bo‘ladi. Agar yer usti va yer osti suvlari haddan tashqari ifloslanib qolsa, chiqindilar to‘planib qolib, atmosfera havosini ifloslansa, oziq-ovqat muxsulotlari zaharlanib qolsa, shovqinlar ko‘payib qolsa va xususan, radioaktiv moddalar ta’siri ortib borsa, ekologik muvozanat ham buziladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, har qanday muhit turli omillar (fizik, kimyoviy, biologik va boshqa omillar)ning majmui bilan namoyon bo‘ladi. Ekologik omil tirik organizmlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etuvchi muhitning ayrim bir tarkibiy qismidir. Tabiatda omillar tirik organizmlarga bir butun yoki birgalikda ta’sir etishi mumkin. Ular ekologik, fiziologik, genetik va hokazo omillar tarzida ta’sir etadi. Umuman olganda omillarni tasniflashda ularning xilma-xil ta’sir ko’rsatishi emas, balki ularni kelib chiqish manbaiga qarab ajratiladi. Chunki shunday omillar ham mavjudki (masalan, tarixiy omillar), tirik organizmlarga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etmaydi. Masalan, ma’lum joyning dengiz sathidan absolyut balandligi, tog’liklarning qiyalik burchagi darajasi yoki suv havzasining chuqurligi tirik organizmlarga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etmay, boshqa omillar (harorat, bosim, namlik) ning ta’sir etish xususiyatlarini o’zgartirib yuborishi mumkin.
Muhit tarkibida faollik ko’rsatuvchi omillar ham bo’ladi. Ta’sir etuvchi omillar tirik organizmlar hayotiga kuchli ta’sir etib, ularning hatto irsiy xususiyatlarini o’zgartirib yuborishi mumkin. Masalan, nurlanish ta’sirida (mutagen omil) tirik organizmlar boshqa bir xolatga o’tib ketishi mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, tirik organizmlarga ta’sir etuvchi muhit unsurlari, ekologik omil deb ataladi. Ekologik omillar, o’z navbatida, 3 guruhga bo’linadi:
1. Abiotik omillar.
2. Biotik omillar.
3. Antronogen omillar.
Abiotik omillar – jonsiz (anorganik) muhitning tirik organizmga ta’sir shakllarini ifodalaydi. Ushbu omillarga iqlimiy (havo, namlik, suv, yog‘ingarchiliklar, qor qoplami) topografik (relef sharoiti), gidrofizik va gidrokimyoviy omillar kiradi. Mohiyati jixatidan ushbu omillar 2 guruxga ajraladi.
1. Fizik omillar (harorat, namlik, bosim, radiatsiya darajasi va boshqa omillar).
2. Kimyoviy omillar (atmosfera havosinning kimyoviy tarkibi, suv va tuproqning kimyoviy tarkibi va boshqa omillar).
Biotik omillar deyilganda barcha tirik organizmlarning yashash jarayonida o‘zaro bir-biriga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘lishi yoki ta’sir ko‘rsatishi tushiniladi. Ushbu organizmlar o‘z hayot jarayonlari davomida normal yashash, hayot kechirish, o‘rchish, tarqalish uchun tashqi muhit bilan ham ma’lum munosabatda bo‘ladi. Natijada organizm o‘sadi, rivojlanadi, nasl qoldiradi: va hayotning so‘nggi bosqichida halok bo‘ladi.
Biotik omillar quyidagi holatlarda yaqqol nomoyon bo’ladi.
1) o’simliklarning o’simliklarga ta’siri.
2) o’simliklarning hayvonlarga ta’siri.
3) hayvoyalarning o’simliklarga ta’siri.
4) hayvonlarning hayvonlarga ta’siri.
5) mikroorganizmlarning o’simliklarga va hayvonlarga ta’siri.
6) o’simliklar, hayvonot va mixroorganizmlarning o’zaro bir-biriga ta’siri.
Biotik omillarga simbioz, parazitizm, konkurensii, yirtqich va o‘lja munosabatlari misol bo‘la oladi. Ma’lumki, har bir tirik organizm ma’lum muhitda yashashga moslashgandir. Shuning uchun iqlimiy omillar ichida harorat, namlik, bosim va yorug‘lik eng muhim omillar hisoblanadi. Tirik organizimlarning aksariyati yorug‘lik bilan uzviy bog‘langan, chunki yorug‘lik ular uchun zarur quvvat va energiya manbalaridan hisoblanadi.
Tabiatdagi har bir tirik organizmni uning suvga bo‘lgan ehtiyoji va yashash joylarini inobatga olib, bir qator ekologik guruhlarga bo‘lish mumkin. Masalan, faqat suvda yashaydigan jonivorlar gidrofil guruhiga kiritilgan. Gigrofil guruhiga mansub bo‘lgan jonivorlar namlik darajasi yuqori bo‘lgan joylarda yashay oladi. Mezafil guruhiga mansub bo‘lgan jonivorlar esa, suvga extiyoji kam bo‘ladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan guruhlar (ya’ni, gidrofil, gigrofil va mezafil) har bir ekologik muhitda indikator vazifasini bajarishi mumkin. Masalan, atmosfera havosi ifloslangan mintaqalarda laylaklar va asalari yashay olmaydi. Tuproqnint tabiiy va kimyoviy xossalari (tuzilishi, kimyoviy tarkibi, tarkibidagi suv, gaz, organik va mineral unsurlar va hokazolar) endafik omillar guruhiga kiradi. Ular tuproqda doimo yashovchi yoki vaqtincha yashovchi tirik organizmlarning faoliyatini belgalaydi. Gidrofizik va gidrokimyoviy omillar bevosita suv bilan bog‘liqdir. Suv turli organizmlar uchun hayot kechiradigan muhit va makon hisoblanadi. Suvning ekologik qiymati uning tabiiy (ta’m, mazza, hid) va kimyoviy xossalari (tarkibi, qattiqligi, rangi va hokazalar), hamda harakatchanligi bilan belgilanadi.
Antropogen omillar deb, inson faoliyatining tabiatga yoki mazkur turga ta’siriga aytiladi. Olamdagi ikkilamchi (insoniylashtirilgan) tabiat antropogen omillarning natijasidir. Shaharlar, suv omborlari, AES lar, GRESlar, yirik zavod va fabrikalar va hokazolar – inson mehnati tufayli yuzaga keladi. Ularni ikkilamchi yoki insoniylashtirilgan tabiat deyiladi.
Insonning tabiiy muhitga ta’siri (antropogen omil) yillar davomida murakkablashib, kengayib va chuqurlashib bormoqda. Oldin bu omilning ko‘lami biosferaning funksional faoliyati bilan mutanosiblikda borgan bo‘lsa, oxirgi yillarga kelib uning tazyiqi orta bordi, bu tazyiqning shakllari o‘egardi va vositalari kuchayib ketdi. Natijada tabiat va jamiyat o‘rtasidagi mutanosiblik buzildi va alohida mintaqalarda ekologik inqiroz vujudga keldi. Orol dengizi muammolarining kelib chiqishi yoki Chernobil AES dagi fojia antronogen omillarning yorqin natijasidir.
Tabiatda uchrab turadigan tabiiy hodisalarni tahlil qilish va o‘rganib chiqish yo‘li bilan har xil turlarning miqdor jihatidan ko‘payishiga yoki aksincha, kamayishiga tashqi muhitning abiotik va biotik omillari ta’sirini hisobga olib, ularni boshqarish mumkin va sodir bo‘ladigan hodisalarni bashorat qilish mumkin. Masalan, Buxoro viloyatidagi 70 dan ortiq biolaboratoriyalarda qishlok, xo‘jalik zararkunandalariga qarshi maxsus hasharotlar va mikroorganizmlar tayyorlanadi. Ishlab chiqarish korxonalarida namlik darajasini oshirib, havo tarkibidagi chang zarrachalari ushlab qolinadi va shu yo‘l bilan havo tozalanadi. Demak, ekologik omil ta’sirini o‘zgartirib, salbiy hodisalarni oldini olish mumkin.
1. Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington, Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7.
2. Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya menejmenti (chizmalar, tushunchalar, faktlar va raqamlarda): darslik / A.Nigmatov, Sh.Muxamedov, N.Xasanova. – T.: Navro‘z. 2014. – 199 b.
3. Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya. Sapaev M.S., Qodirov F.M. O‘quv qo‘llanma, Toshkent-“Aloqachi”-2019, 276


Download 1,16 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Download 1,16 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tabiiy va antropogen muhitlar ta’siri natijasida kelib chiqadigan salbiy oqibatlar

Download 1,16 Mb.