|
Motorola kompaniyasining signal protsessorlar
|
bet | 2/4 | Sana | 23.07.2024 | Hajmi | 1,24 Mb. | | #268368 |
Motorola kompaniyasining signal protsessorlar modellari Signal protsessorlar ishlab chiqaradigan har bir kompaniya elektron texnika bozorida o‘z o‘rniga ega. Analog Devices kompaninyainig maxsuloti Texas Instruments va Motorola kompaniyalarining protsessorlariga nisbatan murakkab masalalarni yechishda unumdorligi yuqori bo‘lib, ularga: katta xajmdagi matematik amallarni bajarish (raqamli filtrlash, korrelyatsion analizda (o‘zaro bog‘liq tahlilda), tasvirlarga ishlov berish kabi) masalalar kiradi. Tashqi qurilmalar bilan intensiv ravishda almashinuv masalalarida (ko‘p protsessorli tizimlarda, nazorat tizimlarida, tashxisda, boshqaruvda), Texas Instruments kompaniyasining protsessorlari yuqori tezlik interfeysiga ega bo‘lgani uchun ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Motorola kompaniyasi nisbatan oddiy 16 va 24 darajali qaydlangan vergulli signal protsessorlar ishlab chiqarish borasida birinchilardan hisoblanadi [35]. Kengaytirilgan kommunikatsion imkoniyatlari, dasturlar va ma’lumotlarga yetarli ichki kristalli xotira hajimga, energiya tejash rejimiga ega bo‘lgan bu signal protsessorlarni texnologik protsesslarni boshqarish kontrollerlari sifatida , maishiy 185 elektron qurilmalarda, avtomobil elektronikasida va mobil aloqa tizimlarida qo‘llaniladi. Motorola kompaniyasining eng perspektiv signal protsessori DSP56800, uzining ish unumdorligi/sifati/narxi bilan eng zur kursatkichlarga ega. Bu oilaga tegishli protsessorning umumlashgan strukturali sxemasi
DSP568xx oilasidagi protsеssorlarning
TMS320C64xx oilasi DSP-yadrosining struktura sxеmas
DSP-yadrosining mavjudligi audio va videma’lumotlarga ishlov berishning istalgan algoritmalarini dasturiy amalga oshirish imkonini beradi. ARM yadrosi DSP yadrosiga to‘g‘ri keladigan yuklamalarni sezilarli darajada pasaytirish imkonini beradi. Xotira va saqlash qurilmalari interfeysi tashqai ulanadigan modullar bilan almashinuvning yuqori tezligini kafolatlaydi. Ulanishning qo‘shimcha moduli standart tashqi portlar liniyasi bo‘yicha almashinuvni amalga oshiradi. Ketma-ket interfeyslar bloki aniq qurilmalarni amalga oshirishda moslashuvchanlikni ta’minlaydi. Alohida tashkil etuvchilarni batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
|
| |