|
З. Dastur deb nimaga aytiladi? 4. Hardware qismiga misollar keltiring?
|
bet | 17/75 | Sana | 01.04.2021 | Hajmi | 3,99 Mb. | | #13848 |
З. Dastur deb nimaga aytiladi? 4. Hardware qismiga misollar keltiring?
5. Software qismiga misollar keltiring? 6. Operatsion sistema nima?
7. Qanday operatsion sistema dasturlarini bilasiz?
3. Yangi mavzu bayoni:
Windows muhitida ishlash uchun papka yoki faylni ochish, yopish, yangi papka hosil qilish, nomini va o’lchamini o’zgartirish, siljitish kabi amallarni bajara olish kerak bo’ladi.
Papka yoki fayl qanday ochiladi? Ish maydonidagi papkalar (masalan, Mening kompyuterim) yoki papkalarga mos yorliqlar ustida, sichqoncha ko’rsatkichini olib borib chap tugmasi ikki marta bosilsa, ish stolida oyna deb ataluvchi ko’rinish hosil bo’ladi. Oyna sarlavha satrining chap tomonida ochilgan fayl yoki papkaning nomi yozilgan bo’ladi, o’ng tomonida esa “Oynani masalalar paneliga o’tkazish”, “Oyna o’lchamini tanlash”, “Oynani yopish” tanlov tugmalari joylashgan bo’ladi. Ochilgan fayl va papkalarga mos tugmalar Masalalar panelida aks etib turadi. Bir oynadan boshqa oynaga o’tish uchun “masalalar” panelidagi mos tugma ustida sichqoncha ko’rsatkichini olib borib chap tugmasini bosish yetarli. Vinchestrlar, fayllar, ko’pgina dasturlar, diskyuritgichdagi disketlar, CD-ROMdagi disklar yuqoridagi usulda ochiladi va ularning mazmuni ham oynada aks etadi.
Yangi papka qanday hosil qilinadi. Ish maydonida papka hosil qilish kerak bo’lsin. Buning uchun ish maydonining bo’sh joyiga sichqoncha ko’rsatkichini olib kelib o’ng tugmachasi bir marta bosiladi. Natijada ish maydonida konteks-menyu ochiladi. Sichqoncha ko’rsatkichini menyuning Hosil qilish (Sozdat) bo`limiga olib kelingach, monitorda Sozdat lavhasi paydo bo’ladi va bu oynadan Papka bo’limi tanlanadi.
|
| |