|
Ko’rib chiqdim O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari:
|
bet | 18/75 | Sana | 01.04.2021 | Hajmi | 3,99 Mb. | | #13848 |
Oynani siljitish va o`lchamini o`zgartirish qanday amalga oshiriladi? Oynani ish stolida siljitish uchun sichqoncha ko`rsatkichini oynaning sarlavha satri ustiga olib boriladi. Sichqonchaning tugmasi bosilgan holda kerakli yo`nalishda harakatlantiriladi. «Oyna o`lchamini tanlash» tugmasi shu oynani butun ekranga yoyish yoki oxirgi yopilgandagi kichik o`lchamda aks ettirish uchun xizmat qiladi. Oyna o`lchamini har xil yo`nalishlarda o`zgartirish uchun sichqoncha ko`rsatkichi oyna chegarasiga olib boriladi. Chegara ustida ↔yoki ↕ belgilaridan biri aks etgach, sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda kerakli yo`nalishda harakatlantiriladi.
Yangi papka qanday hosil qilinadi? Ish maydonida papka hosil qilish kerak boisin. Buning uchun ish maydonining bo`sh joyiga sichqoncha ko`rsatkichini olib kelib o`ng tugmachasi bir marta bosiladi. Natijada ish maydonida kontekst-menyu ochiladi. Sichqoncha ko`rsatkichini menyuning Hosil qilish (Создать) bo`limiga olib kelingach, monitorda Создать lavhasi paydo bo`ladi. Создать lavhasidan sichqonchaning ko`rsatkichi yordamida bo`limi tanlanadi va sichqonchaning chap tugmachasi bir marta bosiladi. Natijada ish maydonida Yangi papka (Новая папка) nomli papka hosil bo`ladi. Biror papkani ochib uning ichida yuqoridagi usulda yangi papka hosil qilish mumkin.
Yorliq, fayl yoki papka nomi qanday o`zgartiriladi? Ba`zan avval hosil qilingan yorliq, fayl yoki papkaning nomini o`zgartirish zarur bo`ladi. Buning uchun yorliq, fayl yoki papka belgilanib, sichqonchaning o`ng tugmachasi bosiladi. Natijada monitorda kontekst-menyu lavhasi ochiladi. Undan Qayta nomlash (Переименовать) bo`limini tanlab sichqonchaning chap tugmachasi bir marta bosiladi. Natijada o`zgartirilishi kerak bo`lgan nom bo`yalib qoladi va nom oxirida tik chiziq o`chib yonib turadi. Bu chiziqcha yurgich deb ataladi. Klaviatura yordamida yangi nom kiritilib «ENTER» tugmasi bosiladi.
|
| |