|
Romitan tuman
|
bet | 1/3 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 0,65 Mb. | | #254899 |
Bog'liq MUSIQA Dars ishlanmasi
9 ___________ tumani
___-umumta`lim maktabi
musiqa madaniyati
fani o’qituvchisi
__________________ ning
__-sinfga
“ A`lteratsiya belgilari”
mavzusida yozgan
Dars ishlanmasi
Mavzu: Alteratsiya belgilari
Saboqning nomi, sana, sinf: Musiqa 3-sinf
Mavzu: Alteratsiya belgilari
DTS maqsadlari:
Talimiy maqsad: O`quvchilarni musiqa tovush qatorda joylashgan asosiy yetti pog`onadagi zarur bo`lganda yarim tonga ko`tarilishi va passaytirilish hollarida maxsus belgilaridan fodalana olishni bilish
-Alteratsiya belgilarini nota yo`lida joylashgan notalarini farqlay olish;
-Musiqiy fikrlab,tahlil qila olish;
-Yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalanishidagi o’rnini bilish,o’quvchilarning musiqaga nisbatan qiziqishini oshirish;
-Musiqa madaniyatini boyitish va shakllanishiga oid BKMni egallash;
Tarbiyaviy maqsad:Milliy istiqlol g`oyasi tushuncha va tamoyillarini dasturi doirasida o`quvchilar qalbida mustaqillik madh etilgan qo`shiqlarni o`rgatishga oid BKMni shakllantirish va egallash;
Rivojlantiruvchi maqsad: O`zbek xalqining milliy musiqa san`atini o`quvchilar qalbiga singdirish, qo`shiq va raqslarni ijro etishga oid BKMning shakllantirish, egallash;
Kasb-hunarga yo`llovchi maqsad: Musiqiy asboblar, ularni ijro etish usullari, xonandalik, sozandalik, raqqoslik, san`atshunoslik, musiqashunoslik, baxshichilik kasbiga oid BKM ni shakllantirish va egallash.
Saboqning turi:
Yangi bilimlarni bayon qilish
O`tgan materiallarni mustahkamlash
BKM tekshirish va baholash
Takroriy, umumlashtiruvchi va kirish darslari
Aralash tipdagi darslar
|
| |