|
«KLAVTREN» - klaviatura trenajori
|
bet | 30/75 | Sana | 01.04.2021 | Hajmi | 3,99 Mb. | | #13848 |
«KLAVTREN» - klaviatura trenajori
Trenajorni ishga tushiruvchi «klavtren» faylining yorlig`i qanday ко`rinishga ega. U ishga tushirilgach ekranga dasturning sarvarag`i chiqadi. Undan sichqoncha yordamida «sekin» (toshbaqa rasmli tugma), «tez» (o`rdak rasmli tugma) va «matn» (tuyaqush rasmli tugma) bosqichlaridan biri tanlanadi. Dasturdan chiqish uchun sarvaraqning o`ng pastki burchagidagi «EXIT» tugmasi tanlanadi.
«Sekin» va «tez» bosqichlardan biri tanlansa, ekranga trenajorning ish maydoni chiqadi. Sizning vazifangiz ekranning yuqori qismidan tushayotgan belgiga mos klavishni bosishdan iborat. Har bir noto`g`ri bosgan klavish uchun 1 ball jarima beriladi. Trenajor ish maydonining pastki qismida klaviatura rasmi bo`lib, unda tushayotgan belgiga mos klavish yonib-o`chib turadi. Mashq qilish uchun 1 minut beriladi. Shu vaqt ichida tushgan belgilar soni, siz to`plagan ball va jarima hisoblab boriladi. Vaqt tugashi bilan erishgan tezligingiz, ish samarangiz va bahoingiz ekranga chiqadi.
|
| |