|
Lotin va kirill harflarini yozish holatiga qanday o’tish mumkin?
|
bet | 33/75 | Sana | 01.04.2021 | Hajmi | 3,99 Mb. | | #13848 |
4. Lotin va kirill harflarini yozish holatiga qanday o’tish mumkin?
5. Klaviatura qanday klavishlar guruhidan iborat?
3. Yangi mavzu bayoni:
Avvalo darsda klaviatura trenajorida ishlashni o`rgandingiz. Unda siz berilgan harfda mos klavishni klaviaturadan qisqa vaqt ichida topish ko`nikmasiga ega bo`ldingiz. Bu darsda turli matnlarni terishni mashq qilasiz.
Avvalgi darsda klaviatura trenajorining “toshbaqa” va “o`rdak” bosqichlarida mashq qildingiz. Endi trenajor yordamida matn terishni mashq qilasiz. Buning uchun trenajorni ishga tushirib “matn terish” bosqichini tanlang. Ekranga quyidagi mashq oynasi chiqadi. U ikkita darchadan iborat. Birinchi darchada mashq uchun matn berilgan. Ikkinchi darchada shu matn kiritiladi. Matn kiritish vaqti hisoblab boriladi. Har bir noto`g`ri kiritilgan belgi uchun jarima beriladi. Berilgan matnni to`liq kiritib bo`lsangiz ekranga olgan bahongiz chiqadi. Baho qo`yishda matn kiritish tezligingiz va jarimalar hisobga olinadi.
|
| |