|
Ko’rib chiqdim O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari:
|
bet | 44/75 | Sana | 01.04.2021 | Hajmi | 3,99 Mb. | | #13848 |
Menyular satri fayllar bilan ishlash (hosil qilingan rasmni saqlash, saqlangan rasmni o`qish,...), rasmni tahrir qilish (rasm rangini o`zgartirish, rasmni biror burchakka burish,...), rasm o`lchamlarini belgilash kabi amallarni o`z ichiga oladi.
Ishchi maydoni kompyuter monitorining rasm chizish uchun ajratilgan qismidir.
Uskunalar paneli rasm chizish va tahrir qilish uchun uskunalar (qalam, bo`yoq purkagich, o`chirg`ich,...), turli chiziq va shakllar majmuidan iborat.
Ranglar majmui (palitra) turli rangdagi chiziqlarni chizish va bo`yashda rang tanlash uchun ishlatiladi.
Holat satrida sichqoncha ko`rsatkichi turgan joyga mos nuqtalar o`rni ko`rsatiladi.
«Palitra» menyusi yordamida palitrani o`zgartirish, unga yangi ranglar qo`shish mumkin. U «Palitrani o`zgartirish» (Изменить палитру) amalidan iborat. Palitrani o`zgartirish amali tanlansa, monitorda palitra lavhasi paydo bo`ladi. Bu lavha yordamida istalgan rangni hosil qilish va uni palitraga qo`shib qo`yish mumkin.
|
| |