|
Kompyuterda qanday o`yin turlarini bilasiz?
|
bet | 70/75 | Sana | 01.04.2021 | Hajmi | 3,99 Mb. | | #13848 |
2. Kompyuterda qanday o`yin turlarini bilasiz?
З. Puzzle (boshqotirmalar) o`yinini o`yaganmisiz?
4. «Scrollers» turidagi kompyuter o`yinlarini o`ynashdan asosiy maqsad?
5. Kompyuter o`yinlari qanday ishga tushiriladi?
3. Yangi mavzu bayoni:
«Puzzle» (pazl) o`yini. Bu o`yin mantiqiy o`yinlar turiga kiradi. Unda bo`laklarga ajratilgan rasmni tiklash kerak bo`ladi. Pazl o`yini «Puzzle» fayli orqali ishga tusiriladi. Uning yorlig`i ko`rinishga ega. U ishga tushirilgach, ekranda o`yinning sarvarag`i hosil bo`ladi. Unda 12 ta rasm tasvirlangan. Rasmlar sichqoncha yordamida tanlanadi. Rasm tanlangach, ekranga o`yin maydoni chiqadi. Unda «3x3» va «4x4» yozuvli ikkita tugma bo`lib, ular yordamida tanlangan rasm 9 (3x3) yoki 16 (4x4) bo`laklarga bo`linadi. Rasm bo`laklari kvadrat shaklidagi maydonda aralashgan holda joylashadi.
Rasm 9 bo`lakka bo`lingan bo`lsin. U holda 9- bo`lak ekranga chiqmaydi. Uning o`rnida bo`sh katak hosil bo`ladi. Bo`sh katak atrofidagi rasm bo`laklaridan birini shu bo`sh katakka siljitish mumkin. Buning uchun sichqoncha ko`rsatkichini shu rasm bo`lagi ustiga olib kelib chap tugmasini bosasiz.
Bunda faqat bo`sh katak yonidagi rasm bo`laklarini vertikal yoki gorizontal yo`nalishda siljitish mumkinligini unutmang. Siljitishning imkoni bo`lmagan rasm bo`lagini siljitishga urinsangiz 1 ball jarima olasiz. Rasmning asl ko`rinishi yodingizdan chiqqan bo`lsa, uni ko`rib olish mumkin. Buning uchun «Rasmni ko`rib olish» tugmasi bosiladi. Rasmning asl ko`rinishi 5 soniya ko`rinib, yana o`chib ketadi. Uni qayta-qayta ko`rish mumkin. Lekin har bir ko`rish uchun 5 baldan jarima olasiz.
|
| |