|
Korporativ birlashishlar va qoʻshib olishlar tayyorladi: Sheraliyev Abbos
|
bet | 1/5 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 71,58 Kb. | | #250110 |
Bog'liq 15- Mavzu KORPORATIV BIRLASHISHLAR VA QOʻSHIB OLISHLAR KORPORATIV BIRLASHISHLAR VA QOʻSHIB OLISHLAR REJA - 1.Korporativ birlashishlar va qoʻshib olishlarning iqtisodiy mohiyati va bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ahamiyati
- 2.Korporativ birlashish va qoʻshib olishlarga sabab boʻluvchi holatlar
- 3.Korporativ birlashishlar va qoʻshib olishlarning yuridik shakllari
- 4.Oʻzbekistonda korporativ birlashishlar va qoʻshib olishlarning oʻziga xos xususiyatlari
Korporativ birlashishlar va qoʻshib olishlarning iqtisodiy mohiyati va bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ahamiyati - Bir kompaniya boshqa bir kompaniya ustidan nazorat oʻrnatsa va oʻzini ushbu kompaniyaning yangi xoʻjayini, deb e’lon qilsa, bu bitim qoʻshib olish deb ataladi. Yuridik nuqtai nazardan, qoʻshib olingan kompaniya oʻz faoliyatini tugatadi, qoʻshib olgan kompaniya esa xarid qilingan (qoʻshib olingan) kompaniyaning butun boshli biznesini va aksiyalarini oʻz tasarrufiga oladi.
Korporativ qoʻshib olishlarning tasniflanishi - Moliyaviy tahlilchilar kompaniyalar oʻrtasidagi integratsiyadan kelib chiqqan holda korporativ birlashish va qoʻshib olishlarni odatda, uchta tipga ajratadilar:
- Gorizontal birlashish va qoʻshib olish.
- Vertikal qoʻshib olish.
- Konglomerat qoʻshib olish
Gorizontal birlashish va qoʻshib olish - Bu tipga bitta tarmoqda faoliyat koʻrsatuvchi kompaniyalarning oʻzaro birlashishi yoki qoʻshib olinishi holatlarini kiritish mumkin. Bunday kompaniyalar bozorda oʻzaro raqobatchilar hisoblanadi. Bunga 2005-yilda “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” va “Zaminbank”ning oʻzaro birlashishini misol sifatida keltirish mumkin.
Vertikal qoʻshib olish. - Vertikal qoʻshib olish oʻzaro bogʻliq tarmoqlarda yirik kompaniya tomonidan biznesning turli bosqichlaridagi kompaniyalarni oʻziga jalb etish orqali faoliyatni tashkil etishni koʻzda tutadi. Masalan, aviakompaniyalarning turizm agentliklarini oʻziga qoʻshib olishini vertikal qoʻshib olish sifatida keltirish mumkin.
|
| |